So’nggi yangiliklar

02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  0 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  0 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  1 00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  6 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  3 00:09Рафинья: "Мен Италия терма жамоасида ўйнашга жуда яқин келганман"   3 23:09"Интер"нинг муҳим футболчиларидан бири "Барселона"га қарши ўйнамайди  3 22:47"Олимпик" "ФарДУ"ни таслим қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:33ЛаЛига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди. Машғулот бекор қилинди  2 21:30БАА. Азизбек Ғаниевнинг голи туфайли "Ал Батеҳ" 3 очкони қўлга киритди  7 21:03Педру Морейра "Пахтакор"ни тарк этди  61 20:54Дани Алвес медиалига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  2 20:38"Европа Лигаси ғолиби ЕЧЛ йўлланмасига эга бўлмаслиги керак" — Арсен Венгер  11 20:13Мирко Йеличич: "Ўзбекистонда "тоза" ва техник футбол намойиш этишмаётганидан хафаман"  3 19:59Кейн уддалади, улар эса йўқ. Ҳеч қандай совринсиз қолган олти юлдуз (мутолаа учун)  7

Sardor Mirzaev: Lokomotivga o'tishim – olg'a tashlangan qadam Yangiliklar

Sardor Mirzaev: Lokomotivga o'tishim – olg'a tashlangan qadam

Lokomotiv uchun yangi mavsum ham boshqa klublarga nisbatan ertaroq boshlanadi. Osiyo CHempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan temiryo'lchilar rasmiy bahslarga 8 fevraldan kirishadi.
SHu bois klub rahbariyati selekciya ishlarini ertaroq yakunlash va yangi mavsum tadorigini to'liq tarkib bilan o'tkazishga harakat qilishmoqda. Buni Lokomotiv Mavsum-2014ning transfer kompaniyasida etakchilik qilayotganidan ham bilish mumkin. Jamoa avvaliga chempionlik yo'lidagi asosiy raqibi Bunyodkorning bir yo'la 4 nafar futbolchisi – Lutfullo To'raev, Jasur Hasanov, Anvar G'ofurov va Ignatiy Nesterovlarni qo'shib oldi. Biroq, temiryo'lchilar shu bilan to'xtab qolishmadi. Jamoaning so'nggi xaridi Neftchi klubi tarbiyalanuvchisi, yosh va umidli futbolchi Sardor Mirzaev bo'ldi. 21 yoshli futbolchi Lokomotiv bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Navbatdagi mashg'ulotlar oldidan biz Sardor bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

- Sardor, avvalo Lokomotiv oilasiga xush kelibsiz.
- Rahmat.

- Sir bo'lmasa Lokomotiv taklifi qachon paydo bo'ldi va sizni bu jamoaga kim taklif qildi?
- Mavsum yakuniga etgach, noyabr oyi oxirlarida Islom To'xtaxo'jaev qo'ng'iroq qildi va men bilan Lokomotiv jamoasi qiziqayotganini bildirdi. Keyin Lokomotivning sport direktori Ravshan Muqimov telefon qildi va jamoaga taklif qildi. SHu tariqa temiryo'lchilar jamoasi safida paydo bo'ldim.

- Sizga boshqa klublar tomonidan ham takliflar bo'lganmidi?
- Albatta. Jumladan, mamlakat chempioni Bunyodkor ham o'z safiga chorlagandi. Biroq, men Lokomotiv klubini tanladim. Sababi, bu jamoa tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Qolaversa, klubning maqsadlari ham jiddiy. Bu erda ko'plab tajribali futbolchilar jamlanishgan. Akmal Xolmatov, Viktor Karpenko, Jasur Hasanov kabi mahoratli, boy tajribaga ega futbolchilar bilan yonma-yon to'p surish esa mening yanada o'sishimga xizmat qiladi. SHu manoda aytishim mumkin, Lokomotivga o'tish faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo'ldi.

- Neftchini tark etish qiyin bo'lmadimi?
- Qiyin bo'ldi. CHunki bu jamoada besh yil to'p surdim. Bu futbol uchun kichik muddat emas. Qolaversa, bu jamoada kamol topdim va futbolchi sifatida shakllandim. Biroq, aksariyat futbolchilar singari men ham yanada o'sishni, milliy terma jamoamizda to'p surishni istayman va bunda etakchi klublar safida harakat qilish maqsadga etishda muhim o'rin tutadi.

- Siz ham Neftchini ko'p yillar boshqargan Yuriy Sarkisyanning shogirdisiz. Hozir u kishi jamoada emas. Farg'onani tark etishingizga qaysidir manoda endi jamoada qadrdon murabbiyingizning yo'qligi ham tasir ko'rsatdimi?
- Hozir jamoaga yangi murabbiylar kelgan va rahbariyat ham o'zgargan. Keyingi paytda Neftchi jamoasini bir qator futbolchilar tark etishdi va buni ko'pchilik Yuriy Sarkisyanning jamoada yo'qligi bilan izohlamoqda. Boshqalar nima uchun Farg'onani tark etishayotganini izohlab berolmayman. Biroq, mening Neftchidan ketishimga Yuriy Vazgenovichning hech qanday daxli yo'q. SHunchaki, men yanada o'sish va oldinga qadam tashlash maqsadida boshqa klub safiga ko'chib o'tdim. Demoqchimanki, Neftchi klubidan hech qanday yomonlik ko'rganim yo'q va jamoaning kelgusi faoliyatiga omad tilab qolaman.

- Sobiq jamoangiz safida sizga asosiy tarkib deyarli kafolatlangan edi. Yangi klub safida esa sizni kuchli raqobat kutib turibdi...
- Raqobat hamisha futbolchining o'sishiga xizmat qiladi. Jamoaga o'tishimdan oldin buni bilardim va shuni tanladim. Hammasi o'zimga bog'liq. Agar mashg'ulotlarda astoydil harakat qilib, o'zimni yaxshi tomondan ko'rsatsam, umid qilamanki jamoa murabbiylari menga ham imkon berishadi. Hech qaysi murabbiy yaxshi futbolchini zahirada qoldirishni istamasa kerak.

- Yangi jamoaga moslashishda qiynalmayapsizmi?

- Yo'q. Bu erda men avvaldan yaxshi bilgan futbolchilar bor. Islom To'xtaxo'jaev, Akmal aka (Xolmatov nazarda tutilyapti) jamoaga moslashishimda yaqindan yordam berishyapti.

- Odatda yangi klub safiga qo'shilganda futbolchiga shartnoma bilan birga jamoadagi bo'sh raqamlar ham taqdim etiladi. Siz qaysi raqamni tanladingiz?
- Neftchida 17-raqamda o'ynaganman. Lokomotivda esa 9-raqamni tanlab bo'ldim.

- Rahmat Sardor. Sizga 9-raqamga munosib futbolchi bo'lishingizda omad tilaymiz. Yana bir bora Lokomotiv oilasiga xush kelibsiz, deb qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика