Sardor Mirzaev: "Bugungi o'yin yoshlarimiz uchun juda foydali bo'ldi"
19 noy 2018 19:00
Yangiliklar


Sardor Mirzaev: "Bugungi o'yin yoshlarimiz uchun juda foydali bo'ldi"
2:2 hisobida yakunlangan jangovor durangdan keyin "temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Sardor Mirzaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Qiyin o'yin bo'ldi. "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin bir necha kun dam olganimiz ham bilindi. Birinchi bo'limda o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata olmadik. AGMK jamoasi ham chiroyli o'ynadi, yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Bu bahs orqali "Paxtakor"ga qarshi o'yin uchun tayyorlanyapmiz. SHu boisdan natija unchalik muhim emasdi. Bundan asosiy maqsad - o'yin amaliyotimizni ushlab turish edi. Ikkinchi bo'limda gol urib mag'lubiyatdan qutulib qoldik.
Albatta, termaga ketganlarning o'rni bilinadi. Biroq qaysidir o'yinlarda ularsiz o'ynashimiz ham kerak. Bugungi o'yin esa yoshlar tarkibidagi futbolchilar uchun foydali bo'ldi. Ular yaxshi o'yin ko'rsata olishdi va muhim o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar