So’nggi yangiliklar

21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  5 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  27 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3

Sardor Matmurotov: "Jamoadoshlarim yordamisiz gol ura olmasdim" Yangiliklar

Sardor Matmurotov: "Jamoadoshlarim yordamisiz gol ura olmasdim"

Pro-liganing 20-turida “Xorazm” klubi o'z maydonida “Aral Samali”ni mag'lubiyatga uchratdi (3:0).

Uchrashuvda mezbonlar safida Sardor Matmurodov dublga erishib, klubi g'alabasiga hissa qo'shdi. Mazkur bahsdan so'ng Matmurotov bilan suhbatlashib, uning fikrlariga quloq tutdik.

O'yin borasida

- O'yin qiziqarli va kurashlarga boy o'tdi”, - deya so'z boshladi Matmurodov. “Aral Samali” ham yaxshi jamoalardan biri. Umuman olganda, Pro-ligada birorta kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Amudaryo derbisida g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak edi. SHunga yarasha o'ynadik va yakunda muvaffaqiyatga erishdik.

“Xorazm”ning joriy yildagi ishtiroki to'g'risida

- Oxirgi o'yinlarda jamoamiz yaxshi o'ynamoqda va natijalarimizdan to'liq qoniqish hosil qilmoqdamiz. Hozirda g'alabalarimiz sonini ko'paytirgan holda, chempionatni yaxshi tugatib qo'yishni reja qilganmiz. Ishqibozlarimiz har bir o'yinda bizni qo'llab-quvvatlamoqda. Bu ham “Xorazm”ning g'alabalariga yordam bermoqda.

Klubdagi kelajagi haqida

“Hozircha bu borada o'ylab ko'rganim yo'q. SHu sababli bu savolizga biror tayinli gap ayta olmayman.

Urgan gollari xususida

“Aral Samali”ga kiritgan gollarimda jamoadoshlarimning hissalari katta bo'ldi. Ular menga vaziyat yaratib berishmaganida ularsiz gollar kirita olmasdim. Ochig'i, urgan gollarimdan ko'ra, jamoamizning muhim uch ochkoga ega bo'lgani muhim.

Xorazmda futbol etibor borasida

- Viloyatimizda ftbolga etibor sust darajada edi. Rahbariyat endi etibor berishni boshladi. SHuni aytishni istardimki, bizda millionlar o'yiniga ko'proq etibor qaratilsa, bizdan ham yaxshi saviyadagi futbolchilar etishib chiqadi. Iqtidorli o'yinchilar etarlicha, faqat biroz etibor kerak.

Futbolga kirib kelishi haqida

- Futbolga kirib kelishimga dadam rahmatli sababchi bo'lgan. O'rta talim maktabning 5-sinfida o'qib yurgan paytlarimda meni Urganch olimpiya zaxiralari sport kolleji qoshidagi maktab internatiga olib borgan. Birinchi murabbiyim esa Umirbek Yoqubov bo'lgan. SHu inson ham mening futbolni tanlashimga ko'mak bergan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика