So’nggi yangiliklar

21:00Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" (онлайн ҳисоб)  5 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  3 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  3 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  1 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  7 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  4 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  2 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  2 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  2

Sardor Eminov: “Ramziy terma jamoadan o'rin olishimni kutmagandim” Yangiliklar

Sardor Eminov: “Ramziy terma jamoadan o'rin olishimni kutmagandim”

Yil boshida “Qo'qon-1912” tarkibiga kelib qo'shilgan Sardor Eminov qisqa fursat ichida jamoasining etakchilaridan biriga aylanib ulgurdi.
CHap qanot yarim himoyasida tezkor harakatlari va qulay pas oshirishi natijasida 28 yoshli futbolchi qo'qonlik ishqibozlarning suyuklisiga aylanib ulgurdi.

Oliy liganing 7-turidan so'ng saytimiz ijodkorlari tomonidan tuzilgan tur ramziy terma jamoasidan Sardor Eminov ham o'rin oldi. SHu munosabat bilan futbolchi bilan suhbatlashganimizda, o'zi uchun kutilmagan xol bo'lganini takidladi.

- Eng avvalo bunday etibordan xursand bo'ldim. Albatta o'zimni saytning doimiy o'quvchisiman deya olaman. Xususan har bir o'yindan so'ng ramziy terma jamoadan kimlar o'rin olganini kuzatib kelaman. To'g'risi, 7-turdan keyin ramziy terma jamoadan o'rin olishim men uchun kutilmagan o'ziga xos sovg'a bo'ldi.



- Endi “Buxoro” bilan qiyin kechgan o'yinga keladigan bo'lsak, kutilganidek bahs oson bo'lmadi. Buni oldindan his etgandik va astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Ko'z tegmasin jamoada ichki muhit alo darajada. Hamma bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Buxoroliklarni ham aynan hamjihatlik va ahillik evaziga yutdik. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori edi. O'z muxislarimiz qarshisida o'ynadik. Ularni faqat uch ochko bilan xursand qilishimiz shart edi.

- Ko'rsatgan o'yinimga eng yaxshisi munosib bahoni muxlislar berishadi. Lekin ikkita pas berdim va gol bo'ldi. Bundan xursandman. Doimo maydonga chiqib, o'z vazifamni to'liq bajarishga urinaman.

- Orif Mamajonov bilan yaxshi tushunamiz. U bilan o'tgan yili “So'g'diyona”da o'ynaganimiz uchun ham maydonda va uning tashqarisida ham bir-birimizni oldindan yaxshi bilamiz. SHuning uchun o'yinlarda ham u meni fikrimni oldindan o'qiy oladi.

- Ilgari vodiy klublarida o'ynamaganman. Lekin vodiyda xalq futbolni juda ham ardoqlashini shu erga kelib tushunib etdim. Uydagi har bir o'yinimizda tribuna deyarli to'lmoqda. Albatta har bir futbolchi stadion ashaddiy ishqibozlar bilan to'lganda yanada kuchliroq va zavqlanib o'ynaydi. Masalan men Qo'qonda o'zimni shunday his etaman. Erishilgan g'alabamizda muxlislarning qo'llab-quvvatlashi muhim o'rin tutdi. Buning uchun ularga rahmat.

- Keyingi turni endi safarda “Qizilqum”ga qarshi o'tkazamiz. Hozir hamma klub bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Jamoalar saviyasi deyarli tenglashib qolgan. Ochkolar farqiga qarang, u qadar ko'p emas. Bu esa chempionatdagi intrigani ortishiga sabab bo'lyapti. Navoiydan ham ochko bilan qaytishga xarakat qilamiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика