So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  0 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  9

Sardor Azmun Eron futbol federaciyasini yolg'onchilikda aybladi Yangiliklar

Sardor Azmun Eron futbol federaciyasini yolg'onchilikda aybladi

Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun mamlakat futbol federaciyasini yolg'onchilikda aybladi.

Malumki, Eron Osiyo Kubogi yarim finalida Yaponiyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'lib, shu bilan musobaqani tark etdi. SHundan so'ng jamoa bosh murabbiyi Karlush Keyrush o'z lavozimini tark etdi hamda o'z intervyusida terma jamoa Osiyo Kubogiga qiyinchilik bilan hozirlik ko'rganini aytib o'tdi.

Keyrushning aytishicha, agar Qatar futbol associaciyasi ko'mak bermaganida Eron umuman musobaqaga tayyorlana olmagan bo'lardi. Endi bo'lsa Sardor Azmun ham matbuot orqali chiqish qilib federaciyani yolg'onchilikda aybladi.

"Federaciya nima deyayotgan bo'lsa hammasi yolg'on. CHunki Espayr akademiyasidagi mashg'ulot va hamma xarajatlarni Qatar to'lab berdi. Bizning federaciyasi esa hech narsa qilmadi".

"Biz musobaqani yakunlab Tehronga qaytishda "ekonom klass"da uchdik, vaholanki bu sog'ligimizga tasir qilishi mumkin, chunki 90 daqiqa yaxshi o'ynash talab etiladi. Federaciya shuningdek Ummon va Xitoyni mag'lub etganimiz uchun ham mukofot puli bermoqchiydi, lekin hech kim miq etmadi. Bizga pul kerak emas, shunchaki federaciya yolg'on gapirmasligini xohlaymiz".

"Endi o'zingiz o'ylab ko'ring, bunday sharoitda qanday qilib chempion bo'la olardik? Qolaversa, musobaqadan oldin hamma Eron chempion bo'lishi kerak deyaverib bizni bosim ostida qoldirdi", - deydi yaqinda "Zenit" safiga o'tgan Azmun.

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика