So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Sardor Azimov: “Muxlislarni Qo'qonda ajoyib o'yin kutmoqda” Yangiliklar

Sardor Azimov: “Muxlislarni Qo'qonda ajoyib o'yin kutmoqda”

Mamlakat kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvini murosasiz ruhda kechishini taxmin qilish qiyin emas.
Namanganda o'tgan o'yinda 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan qo'qonliklar bundan bir hafta oldin o'tkazilgan chempionat bahsida “Navbahor”ga yirik hisobda imkoniyatni boy berishgandi. Aynan shu jihatlar o'yinga bo'lgan qiziqishni ortishiga sabab bo'lmoqda. Uchrashuvdan oldin “Navbahor” yarim himoyachisi Sardor Azimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- Qo'qonda bo'lib o'tadigan javob uchrashuviga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Dastlabki o'yinda raqibga imkoniyatni boy berib qo'ygandik. Bu safar o'sha mag'lubiyatni tasodif ekanligini isbotlash uchun harakat qilamiz. Jamoadoshlarimning kayfiyati alo darajada. Hammasiz faqat ijobiy natija haqida o'ylayapmiz. “Vodiy derbi”si maqomiga ega bo'lganligi sababli uchrashuv muxlislarga yoqadigan darajada o'tadi deb o'ylayman. O'yin oldidan “Qo'qon-1912” jamoasida ayrim o'zgarishlar kuzatildi. SHu sababli, mezbonlarni ham uchrashuvga munosib tarzda hozirlik ko'rganliklarini taxmin qilish qiyin emas. Bir so'z bilan aytganda muxlislarni Qo'qonda ajoyib o'yin kutib turibdi, - deydi Azimov.

"Navbahor" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика