So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Sardor Abduraimov: "Har bir vaziyatda VAR`ga murojaat qilaverish o'yin tempini tushirmoqda" Yangiliklar

Sardor Abduraimov: "Har bir vaziyatda VAR`ga murojaat qilaverish o'yin tempini tushirmoqda"

Superliganing to'rtinchi turidan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal" (1:1) uchrashuvidan so'ng muborakliklar sardori Sardor Abduraimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Dastlab o'yin haqida qisqacha fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...

- "Andijon" bilan o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, uchrashuv qiziqarli va murosasiz kechdi, deb bemalol ayta olaman. O'ylaymanki stadionga tashrif buyurgan ko'p sonli ishqibozlar zerikib qolishmadi. Raqibga muxlislarning tinimsiz olqishlashlari katta yordam berdi. Ular bir daqiqa bo'lsa ham tingani yo'q. Yakunda durang qayd etdik. 

- Avvalgi o'yinlarga qaraganda futbolchilar bir-birilarini yaxshiroq tushunib harakat qilishdi. Poziciyadan poziciyaga o'tishda, chiziqlar orasidagi bog'lamlarda, hujum tashkil qilishda biroz bo'lsa ham oldinga siljish borligini ko'rdik. Balki FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffus jamoaga foyda keltirgandir?

- Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov biz uchun begona emas. Ushbu mutaxassis bilan avval ham birga ishlaganmiz. Falsafasi va uslubidan xabardormiz. Faqatgina murabbiy jamoani kechroq qabul qilib olganligi biroz vaqt kerak. O'yindan-o'yinga harakatlarimiz qovushib boradi. 

- Mazkur uchrashuvda VAR tizimi so'nggi daqiqalarda o'yinni cho'zilishiga sabab bo'ldi va shiddatning pasayishiga olib keldi. Jamoa sardori sifatida bunga fikringiz qanday?

- VAR tizimiga keladigan bo'lsak, kecha bizning foydamizga ishladi. Darvozani ishg'ol qilgan vaqtimizda qanot hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi. Biroq yakunda VAR qaroridan so'ng golimiz hisobga olindi. To'g'risini aytsam o'yinning tempini juda ham tushirib yubormoqda. Hakamlar ham inson, ular ham xatoga yo'l qo'yib turadi. Ammo har bir vaziyatda to'xatib VAR`ga yuzalanversa o'yinning shiddati tushib ketadi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика