So’nggi yangiliklar

14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  7 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  11 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  22 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4

Saralash bahslari uchun 16 futzalchi ro'yxatdan o'tkazildi Yangiliklar

Saralash bahslari uchun 16 futzalchi ro'yxatdan o'tkazildi

Futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati bahslari Vetnamda bo'lib o'tadi. Jamoa 16 terma jamoa ishtirok etadigan musobaqaning 10ta ishtirokchisi nomi malum bo'lib ulgurgan.
Yaponiya, Tailand va Eron futzal terma jamoalari 2012 yilgi Osiyo chempionati sovrindorlari sifatida to'g'ridan-to'g'ri 2014 yilgi chempionat final bosqichi ishtirokchisiga aylangan bo'lsa, Vetnam musobaqa mezboni hisoblanadi.

SHunga qaramay, 19-27 oktyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tgan Janubi-SHarqiy Osiyo saralash bahslarida Tailand va Vetnam terma jamoalari ham ishtirok etishdi. O'ziga xos ASEAN chempionatiga aylangan musobaqa finalida Tailand futzalchilari Avstraliyani 2:1 hisobida mag'lub etishgan bo'lsa, Vetnam termasi 3-o'rin uchun bahsda Indoneziyani 7:3 hisobida mag'lub etdi. SHunday qilib, Tailand va Vetnam to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma kiritib ulgurgani sabab, Avstraliya va Indoneziyadan tashqari, qo'shimcha bir o'rin Malayziyaga berildi.

Avvalroq, 3-7 oktyabr kunlari esa Makao, Gongkong, Janubiy, Xitoy Taypeyi va Xitoy terma jamoalari ishtirokida SHarqiy Osiyo saralash guruhi o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda eng yaxshi natija ko'rsatgan Xitoy, Xitoy Taypeyi va Janubiy Koreya futzalchilari final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Bundan tashqari, 8-12 dekabr kunlari Malayziyada G'arbiy mintaqa saralash bahslari bo'lib o'tadi. Unda Kuvayt, Livan, Qatar, Iroq va Saudiya Arabistoni terma jamoalari ishtirok etadi.

SHunday qilib, hozirgacha Yaponiya, Tailand, Eron, Vetnam, Xitoy Taypeyi, Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Avstraliya, Malayziya terma jamoalari final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan. 2014 yili Vetnamda o'tadigan musobaqa Osiyo tarixidagi futzal bo'yicha 13-qita chempionati hisoblanadi. O'zbekiston futzal terma jamoasi esa ushbu musobaqada muntazam, yani, u ilk bor tashkil etilgan 1999 yildan beri qatnashib keladi. Joriy musobaqa saralash bosqichiga esa 16 nafar o'yinchi ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lib, ulardan 6 nafari Qozog'iston chempionatida ishtirok etuvchi legionerlar hisoblanadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasining saralash bahslariga ro'yxatdan o'tkazgan o'yinchilari:
Darvozabonlar:
Rustam Umarov (Ozenmunaygaz, Qozog'iston), Klim Tyugaev (Maksam-CHirchiq).
O'yinchilar: Dilshod Irsaliev (SKA-Yug, Qozog'iston), Nodir Eliboev (Ozenmunaygaz, Qozog'iston), SHuhrat Tojiboev (Ozenmunaygaz, Qozog'iston), Maqsud Fayzullaev (Kogon), SHahzod Bo'riev (Ardus), Andrey SHlyoma (Lokomotiv), Farhod Abdumavlonov (SKA-Yug, Qozog'iston), Dilshod Rahmatov (Kogon), Jamol SHaripov (SKA-Yug, Qozog'iston), Artur Yunusov (Lokomotiv), Davron CHoriev (Lokomotiv), Konstantin Sviridov (Lokomotiv), Javlon Anorov (Maksam-CHirchiq), Azam Saidahmadov (Ardus).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика