So’nggi yangiliklar

19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  2 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  4 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  10 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1

Sanjar Tursunov: “Revansh? Keling bu haqda 3-turdan keyin gaplashamiz” Yangiliklar

Sanjar Tursunov: “Revansh? Keling bu haqda 3-turdan keyin gaplashamiz”

Osiyo Kubogida qatorasiga ikkinchi marotaba ishtirok etishga yaqin turgan futbolchilardan biri, bu – Sanjar Tursunov.
Mavsumni Ukrainada o'tkazib, MTJ ixtiyoriga yaxshi formada etib kelgan yarim himoyachi Osiyo Kubogiga tayyor deb aytgan bo'lardim.

Terma jamoa yig'iniga kelishidan avval jamoasi bilan shartnomasini uzaytirib kelgan futbolchining Osiyo Kubogidan oldingi fikrlari va joriy mavsumdagi o'yinlari haqida ayotganlari qiziq bo'ladi.

– Qanotda vinger vazifasini o'tayapsiz, bu o'zizga maqul kelyaptimi?
– Bu taktika men uchun qiziq ko'rinyapti. BAA bilan bo'lib o'tgan o'yinda ham shunga yaqin taktikada o'ynadik, bu menga yoqqandi. Lekin klubimga ketganimdan keyin yana boshqa taktikada o'ynashni boshladim. Aslini olganda futbolchi murabbiy qaerga qo'ysa, o'sha nuqtada o'yshay olishi kerak.

– Har bir taktikaga yarasha mos futbolchilar bo'ladi, chetdan qaraganda, rostan ham bizni futbolchilar mana shu taktikaga mos tushayotgandek?
– SHunga o'xshayapti. Osiyo Kubogida har bir xato siz uchun so'nggisi bo'lishi mumkin. Bizni futbolchilar 4-3-3 taktikasini o'zlashtirishayotgan ekan, u erda buni yanada takomillashtirib olishlari lozim bo'ladi. Qita chempionati sinov maydoni emas. Keyin u erda o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazmaymiz, muhim sinovdan o'tamiz. Buni uddalay olamiz deb o'ylayman.



“VORSKLA”DAGI  MAVSUM HAQIDA
– CHempionatni “Dinamo” va “SHaxtyor” jamoalariga qarshi o'yinlar bilan boshladilar, chempionat boshidagi tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'ldimi?
– Taqvim chiqqan payt, biz Sloveniyada yig'ini o'tkazayotgan edik. Quradan xabar topganimizdan so'ng rejalarimizga biroz o'zgarish  kiritildi. Mana shu ikki jamoaga qarshi tayyorgarlik dasturi va taktikalar ishlab chiqildi. To'g'ri, mavsumni boshida ikka raqibga imkoniyatni boy berdik. Ularning biri ECHLda, ikkinchisi Evroligada ishtirok etayotgan edilar. Ammo keying o'yinlarda biz deyarli yutqizmadik. Safarda “Dnepr”dan ochko olib qaytdik. Birinchi davra uchun natija chakki bo'lmadi.

– “Dinamo” yana avvalgi mavqeyini tiklay boshlayapti, “SHaxtyor” va “Dinamo”ga qarshi o'yinlarga jamoalar qanday tayyorgarlik ko'radi, ularni bir-biriga solishtirsangiz, qanday farqlarni sezasiz?
– “SHaxyotr” texnikaga tayangan jamoa, asosan braziliyalik futbolchilar o'yin qilib berishadi.  “Dinamo”ni o'yinlari esa tubdan o'zgardi. Jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovni xorijda o'ynaganligini ko'rinib turibdi. Taktikadan tashqari u jamoasini ruhan ham alo darajada tayyorlay olyapti.Undan tashqari bu yil Ukraina chempionati ancha qizidi, hozirda peshqadamlar quyi jamoalar bilan o'yinda ham ochko yo'qotyaptilar.

– Jamoangiz 6ta o'yinda durang o'ynadi, bunday natijani “CHernomorec” va “Goverla” qayd etdilar. Ko'rinib turibdi, klub asosiy etiborni himoyaga qaratadi, bunday futbol sizga qanchalik mos?
– Bazan yutishimiz kerak bo'lgan o'yinlarda durang o'ynab qoldik. Yoki “SHaxtyor” bilan o'yinni olaylik, 80-daqiqagacha ham g'alaba biz tomonda edi, afsuski so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib yubordik.

– O'yin chiqmagan paytlari, muxlis va OAV tomonidan bosim bo'lmayaptimi, boisi har doim legionerlardan bir kalla ustun o'yin kutiladi?
– Bizning holatimizdan kelib chiqib, jamoa muxlislari ham OAV ham “Vorskla”dan norozi emas. Aksincha imkoniyatni boy bergan ayrim o'yinlarda, muxlislarimiz qo'llab-quvvatlayaptilar.

– Jamoada asosan mahalliy mutaxassislar faoliyat olib borishadi, futbolda murabbiyda gap katta, Ukrainada uchlikka kirish uchun bu halaqit qilmaydimi?

– Menimcha ular futbolni hozir ko'taryaptilar. Avvallari bu erda ham ko'p xorijiy murabbiylar ishlagan edilar. Bugun esa asosan mahalliy futbolchilarga tayanilyapti. Bugungi mutaxassislar o'sha paytdagi murabbiylardan ustunlar.

– “Dinamo” Kiev bosh murabbiyi, yaqinda ham to'p tepib yurgan Sergey Rebrov. Bu yil ikki mart a o'ynadilar ularga qarshi, Rebrovni murabbiylik ishi ko'rindimi sizga? 12ta tur oralig'ida “Dinamo”ni o'yinida o'sishni kuzatdingizmi? Jamoa so'nggi 5 yildan beri chempion bo'la olmayotgan edi.
– Bu yil faqatgina “Dinamo” Kiev bilan ikki marotaba o'ynadik. Birinchi va o'n to'rtinchi turda. Rebrovni jamoasi tur sayin kuchayib boryapti. Buni chempionat jadvali ham ko'rsatib turibdi. Futbolchi do'stlarimiz ham sobiq futbolchiga ijobiy baho berishyapti. Rebrov “Dinamo” Kievning yangi zamon futbolchisi bo'lganligi uchun bo'lsa kerak, u jamoadagi muhitni shunga monand o'zgartira oldi.



AVSTRALIYA – 2015 HAQIDA
- Osiyo chempionati yaqinlashgan sari uning masuliyati ham oshib boraveradi. Ayniqsa vatanni xis qilgan o'yinchi oldida...

- To'g'risini aytib qo'yay, masuliyat juda katta. Terma jamoani jahon arenasida namoyon etamiz. Bu klub doirasidagi bironta xalqaro musobaqa emas, unda O'zbekiston degan nom bo'ladi. Uni esa munosib himoya qilishimiz kerak.

- Teng kuchli guruhimizda KXDR biz uchun begonadek, ularni har doim ham kuzata olmaymiz. Xitoyda esa chempionatni saviyasi oshib borayapti, Saudiya Arabistonini har qanday avlodi biz uchun jiddiy qiyinchilik tug'dirgan...
- Mana shunday guruhlar qiyin va qiziqarli bo'ladi. Guruhimizdaagi barcha jamoalar keyingi bosqichga chiqishga tayyorlar. KXDRni haqiqatdan ham bilmaymiz, Xitoyda esa aytganingizdek, ichki chempionati kuchayib borayapti. Lekin maqsadimiz jiddiy ekan, biz uchun bu ahamiyatsiz bo'ladi.

- Agar o'yinmiz chiqsa, raqibni kuchini ahamiyati qoladimi?
- Yo'q albatta. Yig'in va o'rtoqlik o'yinlaridagi ishimizni ko'rsata olsak va murabbiy ko'rsatmasini bajargan holda, oldimizdagi raqibning nomi ikkinchi o'ringa tushib qoladi. Hammamiz o'z kuchimizni 100% ko'rsata olsak, g'alaba qozona olamiz.

- Qatarda siz yangi o'yinchi edingiz, bugun esa sizni ortingizda yangilar bor, ikkita Osiyo Kubogini 4 yillik vaqt ajratib turibdi...
- Qatardagi Osiyo Kubogida men yangi futbolchi edim. O'sha kundagi raqobat hozir ham mavjud. Hech bir futbolchiga asosiy tarkibdan joy taminlanmagan. Men asosiy tarkib futbolchisiman deb mashg'ulotlarda engil harakat qilish bugungi raqobatda ish bermaydi.

- Qatar – 2011dan keyin ko'pchilik futbochilar chet eldan o'zlariga yangi jamoa topgan edilar, Avstraliyada ham shunday bo'lishi mumkin.  Qolaversa Ukrainadagi darajangiz ham oshishi aniq...
- O'sha yili ko'plab futbolchilarimiz chet eldan o'zlariga yangi jamoa topgan edilar. Bugun safimizda yoshlar ko'payib ketdi, agar ular ham chet elga chiqib ketadigan bo'lsalar, bundan faqat xursand bo'laman. CHetga chiqqan futbolchini fikrlashi tubdan o'zgaradi.

- Niyatni yaxshi qilgan holda, guruhdan chiqdik. U erda 2011 yilgi revanshni olishimiz mumkin. YO Koreya, yo Avstraliya...
- Albatta niyatni yaxshi qilish kerak, keling mana shu savolga guruhdagi 3 tur o'yinidan keyin javob beray?

- So'nggi 4 yillikda Osiyoda qaysi jamoalar sizga ko'proq yoqyapti?
- BAAning o'yinlari menga yoqyapti. 4:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsakda, bu terma jamoaga qarshi biz jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Safida yoshlar ko'p bo'lsada, so'nggi yillardan beri ancha shakillanib kelayotgan edi. BAA bilan o'yinda aynan mana shu 4-3-3 taktikasi bizga ish berdi. Undan avval Yangi Zellandiyani ham chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratgan edik.

- Turnir favoritlari, Avstraliya va Yaponiya hali hamon yig'in boshlamagan, biz esa bir oy davomida shug'ullandik, buni ham foydasi bo'ladimi?
- Bizga foydasi bo'ladi, Avstraliyaga esa muammo bo'lishi mumkin.

- Ikkita mashg'ulot o'rtasidagi uch kunlik damni ko'pchilik tanqid qildi, nima deb o'ylaysiz, mana shu uch kunsiz mashg'ulotlarni davom ettirsa bo'larmidi?
- Bu erda hech kim qaytatdan nimanidir o'ylab topmadi. Bu uch kunda gap katta. Oilani hamma ham sog'inadi. Yaqinlarizni ko'rgiz keladi. Ayniqsa buni legionerlar yaxshi xis qiladilar. To'g'ri bu er issiq, sharoitlar yaxshi, lekin sizni oilangizga tortadi. Men uchun Toshkentdagi bir oy ko'z ochib yumguncha o'tib ketadi. Bu borada, tanlangan yo'l to'ppa-to'g'ri. Evropada ham bunga oddiy qarashadi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика