Sanjar Quvvatov: "Men yana terma jamoaga qaytaman"
01 may 2015 10:09
Yangiliklar

Sanjar Quvvatov: "Men yana terma jamoaga qaytaman"
"Mashal" klubi darvozaboni Sanjar Quvvatov Olimpiya terma jamoasidagi o'yinlari orqali futbol muxlislariga tanish bo'lib ulgurgan.
Ayni vaqtda muborakliklar klubi ijobiy natijalarni qayd etib bormoqda. Bunda albatta ushbu darvozabonni ham munosib o'rni bor. "Olmaliq"qa qarshi (3:1) o'yinidan eng yaxshi o'yinlaridan birini namoish etgan darvozabon bilan suhbatlashdik.
- "Mashal"ning Oliy ligadagi ishlarini yomon deb bo'lmaydi. Yangi mavsum borasida fikrlaringiz qanday ?
Mavsumni yomon boshladik deb ayta olmayman. Har bir o'yin murosasiz kechmoqda. Bu yilda juda katta o'sishga erishmoqdamiz. Har bir o'yin ahamiyati yuz barobar oshib ketgan. Mana shunday o'yinlarni muxlislar sog'ingan va endi muxlislar albatta stadionlarga qaytadi. Futbolchi futboldan zavq ola bilsa, muxlisga zavq bera oladi. Farg'onadagi o'yinimizda bizga omad etishmadi. 10 kishi bo'lib qolgan bo'lsak ham durang qilishimiz mumkin edi. So'nggi daqiqalarda yo'l qo'yilgan xatomiz qimmatga tushdi. "Olmaliq"qa qarshi o'yinga juda ham jiddiy tayyorlandik. Bu o'yinda samara berdi. Har bir o'yin juda ham masuliyatli bo'layotgani meni xursand qilmoqda.
- Jamoadan ikkita asosiy darvozabon bor. Bu borada jamoa bosh murabbiyi Xomyakovni tanlovini qanday qabul qilasizlar?
Raqobat o'sishga yordam beradi. Nosirov etarlicha tajribali darvozabonlardan biri. Bizda murabbiy xatolarimizga qarab tarkibga qo'yadi. Kimnidir xatosini kutib yashamayman. Menga asosiysi jamoamiz yutug'idir.
- Olimpiya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lgan Sanjar Quvvatov va hozirgi Quvvatov o'rtasida qanday o'zgarishlar bo'ldi ?
Albatta, juda katta o'zgarish bor deya olaman. Terma jamoa umuman boshqa muhit, boshqa futbol, boshqa jamoadir. Unda imkoniyatingdan ortiq o'yin ko'rsatishing talab etiladi. Har bir nafasingni hisoblab olasan. Oddiy nazorat o'yinida ham katta bosim turadi. Butun mamalakat nomidan sen turganingdan so'ng shunga munosib ekanligingni isbotlash talab etiladi. Hamisha ustingda bosim bilan yurish masuliyati katta. Hozirgi holatimdan to'la qoniqmoqdaman deya olmayman. Albatta ko'proq tajriba oldim, futbolga qarashim o'zgardi. Endi oddiy xatolarni qilishga haqqimiz yo'q. Etarlicha tajribali darvozabonlar qatoridaman deya olaman.
- Avvalgi Quvvatov va hozirgi Quvvatovni o'yinida pastlash bo'ldi deb o'ylaysizmi ?
Ha buni inkor etmayman. Avvalgiga nisbatan pastlash bo'lgan bo'lsa kerak. SHunga qaramay men o'z ustimda ishlashda davom etaman. Meni birdan bir niyatim yana terma jamoaning asosiy darvozaboniga aylanish va men yana terma jamoaga qaytaman.
- Bunga balki klubdagi murabbiy va terma jamoadagi murabbiy o'rtasidagi farq borligini tasir etayotgandir ?
Unday deb o'ylamayman. Ayni vaqtdagi murabbiyimiz Pavel Sinelnikov menga nafaqat ustoz balki do'st hamdir. Barcha fikrlarimni bemmalol u kishiga ayta olaman. Zamonaviy fikrlaydi. Doimi izlanib yangicha mashg'ulotlarni ko'rib boradi. Top klublarning darvozabonlarini ish uslublarini o'rganadi. Bizning tarkibda Botir Nosirov, Javohir Ilyosov va men birgalikda mashg'ulotlarda astoydil ishlaymiz deya olaman. Terma jamoada bor salohiyatingni ko'rsatishing talab etiladi. Murabbiylar xatolar o'yindan so'ng batafsil aytadi. Terma jamoadagi va klubdagi murabbiyimning ish faoliyatidan to'la qoniqmoqdaman. Undan tashqari faoliyatimda Denis Ivankovning ham o'rni juda katta. Undan ham etarlicha ko'rsatmalar olganman.
Jasur Aslanov suhbatlashdi.

Fikrlar