So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Sanjar Quvvatov: "Mavsumga tayyorgarlik alo darajada bo'ldi" Yangiliklar

Sanjar Quvvatov: "Mavsumga tayyorgarlik alo darajada bo'ldi"

Darvozabon yarim jamoa. Bir necha yillardan beri "Mashal"ning asosiy figuralaridan biri bo'lib kelayotgan Sanjar Quvvatovdan jamoa muxlislarining bu yilgi mavsumda umidi katta.
Buni ayni paytda Sanjarning o'zi ham yaxshi tushunib turibdi. "Mashal"ning tayyorgarligi va chempionatda o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bilish maqsadida Quvvatovni suhbatga tortdik.

- Joriy mavsum yana oliy ligada o'ynaymiz. SHu bois tayyorgarlik ham shunga monand olib borildi. Yig'inga ertaroq kirishgandik. SHu kungacha ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazish bilan bir qatorda ko'plab sinov-nazorat bahslarida ishtirok etdik", - deya gap boshladi Sanjar Quvvatov.  CHempionat startiga ham oz muddat qolgani tufayli endi kuniga bir mahaldan engil mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Bir so'z bilan aytganda joriy mavsumga tayyorgarlik alo darajada o'tkazildi. SHu bois mavsumga tayyormiz deya olaman.

- O'tgan yili "Mashal" safida birinchi ligada o'ynagandim. Bu mavsum esa yana oliy ligada. Ligalar o'rtasida katta farq bor. Elitada oson o'yinlar bo'lmaydi. Lekin joriy mavsum oliy ligada men uchun birinchi yil emas. O'zingizga yaxshi malum ilgari ham oliy liga o'yinlarida ishtirok etganman. Maqsadim bu yil yana oliy ligada o'zimni ijobiy tomondan ko'rsatish. SHuningdek ishonchli o'yinlarim orqali yana terma jamoadan chaqiruv olish. Buning uchun astoydil ter to'kmoqdaman.

- Darvozabon Botir Nosirovning taklif etilishi  menimcha yaxshi bo'ldi. CHunki jamoada o'zaro raqobat bo'lishi kerak. SHundagina o'sishga erishish mumkin. Nosirovning mahorati katta. Darvozani kim qo'riqlashini bosh murabbiy hal etadi.

- Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritganimizdan keyin tarkibda u qadar keskin o'zgarishlar qilinmadi. Asosiy tarkib o'zagi saqlab qolingan xolda, bir nechta tajribali o'yinchilar jalb etildi. Bugungi kunga kelib barcha futbolchilar bir-birlari bilan tushunib, chiqishib keta olishmoqda. Bu borada muammo yo'q. O'yin jihatidan ham tushunmovchiliklar bo'lmayapti. Mazkur jarayon o'yindan-o'yinga yaxshilanib boraveradi deb o'ylayman.

- "Mashal" bu yil kuchli beshlikka kirish uchun kurashadi. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar bor. Tarkib jihatdan ham olib qaraydigan bo'lsak, bunga qodirmiz. Hattoki hozirgi futbolchilar bilan kuchli uchlikka ham kirsak bo'ladi. Bu narsa ko'pincha o'zimizga bog'liq.

- CHempionat taqvimiga ko'ra, birinchi turni safarda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazamiz. Ilk uchrashuv har doim qiyin bo'lgan. Lekin shunga qaramay Jizzaxdan uch ochko bilan qaytishni o'ylab turibmiz. Buni uddalasa bo'ladi.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика