“Santyago Bernabeu” Gvardiolaning eng sevimli stadioni

Eldor Akmurzayev
27 fev 2020, 20:15
Xabaringiz bor, kecha tunda YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Real” – “Man Siti” o'rtasidagi bahsda “shaharliklar” irodali (2:1) g'alabaga erishdi.

Bu Pep Gvardiolaning “Santyago Bernabeu” o'yingohiga 9-tashrifi bo'ldi va u oltinchi marotaba “qirollik klubi” ustidan qo'li baland keldi.

Shuningdek, ikki o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, yagona mag'lubiyat “Bavariya” murabbiyligida qabul qilib olingan. 

Qo'chimcha qilish lozim, Gvardiola “Real”ni evrokuboklar doirasida safarda turli ikki jamoa (“Barsa”, “Man Siti”) bilan taslim etgan ilk mutaxassisga ham aylandi. 

Real - Barselona 2:6

Real - Barselona 0:2

Real - Barselona 1:1

Real - Barselona 0:2

Real - Barselona 2:2

Real - Barselona 1:3

Real - Barselona 1:2

Real - Bavariya 1:0

Real - Manchester Siti 1:2

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta