Santush FIFAning eng yaxshilarni taqdirlash marosimidan norozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
26 sen 2018, 20:43
Portugaliya termasi bosh murabbiyi Fernandu Santush yaqindagina bo'lib o'tgan FIFAning eng yaxshilarni taqdirlash marosimidan norozi bo'ldi.

"Modrich, gap-so'zsiz juda yaxshi. Shu boisdan ham men aynan uni ro'yxatimning ikkinchi qatoriga munosib ko'rganman. Ammom hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu ekanligiga ham shubxa qilmayman. U bir necha yillardan buyon bir mavsumda 50dan oshiq gol kiritib kelmoqda. U mavsumning eng chiroyli goli sovrinini qabul qilib olishi kerak edi. Dunyoning eng yaxshisi sovrinsiz qolib ketgani esa juda ham qiziq", - dedi Santush.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca