So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

"Santos" va Neymar o'rtasidagi mojaro Yangiliklar

"Santos" va Neymar o'rtasidagi mojaro

Braziliyalik hujumchi Neymar “Barselona” safida shanba kuni “Rayo Valekano”ga qarshi uchrashuvda mahoratini namoyish etib, 4 to'p kiritdi.


Biroq oxirgi paytlarda uning transferi bilan bog'liq shov-shuvli gaplar tinmayati. Uning “Santos”dan “Barselona”ga o'tishini FIFA ham o'rganib chiqishga qaror qildi. Bungacha prokuratura moliyaviy kelishuv borasida aniq xulosaga kela olmayotgandi. Ayni paytda tomonlar transfer summasining malum qismini yashirishda ayblanmoqda.

Bir necha kun avval “Santos” futbolchini 6 oyga diskvalifikaciya qilish va malum miqdorda uning jarima to'lashi lozimligini takidlagandi. Aniqrog'i, “Santos” prezidenti Modesto Roma shunday bayonot bilan chiqqandi. U ancha oldin klub FIFAga bu borada murojaat qilganini aytib o'tgandi.

“May oyida tegishli ayblov yuzasidan dalillarni berganman. Neymar futbol kumiri hisoblansa-da, uni masuliyatli bo'lishga chaqiramiz. Biz qo'shilmaydigan bazi jihatlar bor. Uning “Barselona”ga o'tishi shaffof bo'lmagan. Buni Ispaniya va Braziliya prokuraturasi xodimlariga isbotlab berganmiz. Ushbu masala bo'yicha holatni FIFA hal qilishini tushunamiz”, - deb aytgan Roma.

Biroq keyinchalik “Santos” hech qanday ariza yubormaganini takidlagan. Klub huquqini himoya qilib, moliyaviy yo'qotish uchun kompensaciya olish maqsadida ekani to'g'risida bayonot bergan. Eslatib o'tamiz, Neymarning “Barselona”ga o'tishi 57,1 million evroga tushgan. SHundan 17,1 million “Santos”ga, 40 million esa Neymarning ota-onasi kompaniyasiga kelib tushgan. Ispan prokuraturasi aniqlashicha, kataloniyaliklarning sobiq rahbari Sandro Rosel bergan malumotda transfer narxi 94,8 million evroni tashkil etgani ko'rsatilgan. Rosel soliq bo'yicha firibgarlikda ayblangan. SHuningdek, hozirgi prezident Xosep Mariya Bartomeu ham ish boshidayoq transferning yuqori qiymatidan xabardor bo'lgani aytilgan.

Bu ish nima bilan yakunlanishi malum emas. FIFA barchasini o'rganib chiqqandan keyin vaziyatga oydinlik kiritiladi. SHu o'rinda braziliyalik hujumchi transferi taalluqli bo'lgan 8 sud ishi haqida malumot berib o'tamiz.

Asosiy shaxslar

“Santos” Neymarning 55 foiziga egalik qilgan. Keyin 2009 yilning fevralida uning 40 foizini “DIS Esporte” va 2010 yilning noyabrida 5 foizini “Teisa” xususiy kompaniyalariga sotib yuborgan.

Bu ishda boshqa asosiy shaxslar – “Barselona”, Neymarlar oilasi va Jordi Kases (katalon klubi sososi). Jordining etirozi bu ishga turtki bergan. Sandro Rosel Neymarning transferi davrida “Barselona” prezidenti bo'lgan. Xosep Bartomeu unga yordamchilik qilgan. Hozirgi kunda Bartomeu – prezident, Xaver Faus – uning o'rinbosari. Karl-Xaync Rummenigge – “Bavariya” boshlig'i.

Hakamlar: Pablo Ruz – Ispaniyada tekshiruvni boshlagan inson. Hozir u ishni sudya Xose de la Mata bilan olib bormoqda. Braziliyadan surishtiruv ishlarini Karlos Muta o'tkazgan. Xose Perals – ispan prokurori.

Nima sodir bo'lgan?

2011 yilning deaabr oyida “Barselona” “Santos”ga Neymar bilan 2014 yilgacha shartnoma tuzish uchun 10 million evro to'lagan. Bazi manbalarda bu miqdor 14 millionni tashkil etgan. Yana bazilar o'shandayoq transfer narxi 58 million evro ekani yozilgani haqida malumot bergan. “Vest Xem”, “Bavariya”, “CHelsi”, “Manchester Siti” va “Real Madrid” Neymarga 2008 yildan 2013 yilgacha qiziqish bildirganlar. Neymar “Barselona”ga 2013 yilning iyunida ko'chib o'tdi. Yakuniy summa 57,1 milliondan iborat bo'lgan. Dastlab “Barsa” “Santos”ga 17,1 million to'lagan. Bundan 45 foizi “DIS”va“Teisa”ga to'langan. Neymarlar oilasi 40 million olgan. Keyin bu raqam 86,2 millionga teng bo'lgani aytildi.

1-ish

“DIS Esporte” “Santos”ga qarshi

“DIS” bu kelishuvdan atigi 7,9 million olganidan norozi bo'lgan. Kompaniya “Santos”ning Neymar uchun hammasi bo'lib 17,1 millionga ega bo'lganiga ishonmagan. Oradan bir hafta o'tib, “DIS” sarmoyachilari kelishuv amalga oshirilgan qog'ozni ko'rish uchun “Santos”ni sudga beradi. Braziliya klubi rostdan ham 17,1 million olgani ko'rsatilgandi. Lekin Kataloniya klubi yana 7,9 millionni 3 nafar futbolchiga egalik qilish huquqi uchun pul to'lagani oydinlashgan. Klublar bu to'lov Neymarga taalluqli emasligini qayd etishgan. Yana shartnomada Neymar bilan “Barselona” “Santos”ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazmasa, 4,5 million evro to'lashi haqida band bo'lgan.

2-ish

Jordi Kases “Barselona”ga qarshi

Jordi Kases – Barselona tashqarisida yashovchi farmacevt, katalon klubidan norozi sosos. 2013 yil dekabrda u sudga Neymar uchun aslida ko'proq to'langani haqida shikoyat xati kiritgan. SHunday qilib, fuqarolik ishidan hukumat tekshiruvi boshlangan. Ispaniyalik sudya Pablo Ruz ishni tinglashga rozi bo'lgan. O'sha paytdagi prezident Rosel keyingi kun istefoga chiqqan. Bu 2014 yilning yanvarida ro'y bergandi. Sud Neymar uchun 86,2 million to'langanini etirof etgan. Jordi Bartomeu va uning o'rinbosari Faus ham surishtiruvning bir qismi bo'lishini istagan. Keyinchalik oktyabr oyida Jordi odamlar uni ayblamasliklari uchun arizasini qaytarib olgan.

3-ish

Ispaniya Bartomeu va Fausga qarshi

Sudya Pablo Ruz Bartomeu va Fausni tekshirishga qaror qildi, biroq prokuror Xose Perals ishni sentyabr oyida to'xtatib qo'yishga qaror qildi. Surishtiruvning qo'p qismida gap sobiq prezidentga kelib taqaldi, transfer uning davrida amalga oshirilgandi. Perals soliqqa oid jinoyat bo'yicha ham javobgarlik Rosel va klub zimmasiga tushishini takidlagan. Bartomeu va Fausdan ayblov olib tashlandi. Ularning ishga taalluqli ekaniga isbotlar topilmadi.

4-ish

Ispaniya Rosel va uning do'stlariga qarshi

Sudya Pablo Ruz hamon ishda. Lekin bu safar u Rosel, Bartomeu va“Barselona”ga milliy sud tomonidan kurash boshladi. Lekin Rosel juda aqlli chiqib qoldi. U nafaqat Ispaniya, balki Braziliya sudi tomonidan ham kuzatuv ostida edi. Ayblov tufayli Bartomeuga 2 yil va 3 oy, Roselga 7 yil va 6 oylik qamoq, shuningdek, mos raqishda 3,8 va 25,1 million evro miqdorida jarima to'lash so'raldi. “Barselona”dan davlat g'aznasiga 11,4 millionni qaytarib, 22,2 million jarima to'lash talab etilardi. Sudya Xose de la Mata Pablo Ruzni almashtirib, ayni damda ishni olib bormoqda. U ishda dalillar etarli ekanini aytib, ishni Kataloniya sudiga yo'naltirdi. Bundan klub hayratga tushdi. SHu yilning iyul oyida Karl Xaync Rummenigge Germaniyadan guvoh sifatida ishtirok etdi. “Bavariya” Neymarga qiziqqan, biroq rasman bu to'g'rida malum qilmagan. Mata esa klublarning rasman qiziqish bildirgani haqida dalil qidirmoqda. Bu futbolchining aniq bahosini topishga yordam beradi. “Real”dan tashqari barcha bunday malumot berishga rozi bo'lmagan. Oktyabrda Mata “Santos”ning sotiq direktorlari - Alvaro va Rodrigesga ko'rsatma berish to'g'risida so'rov yubordi, biroq bunga javob olmadi.

5-ish

Ispaniya “Barselona”ga qarshi

2014 yil fevralda Pablo Ruz boshchiligidagi ispan sudi “Barselona”ni soliq bo'yicha firibgarlik qilganda aybladi. “Barsa” direktori Sanlexi transfer qiymati 57,1 million bo'lgani, biroq boshqa to'lovlar tufayli summa 86,2 millionga etganini takidladi. 2014 yil fevralda kataloniyaliklar 13,5 millionni ko'ngilli tarzda to'lashgan. Buni transfer bilan bog'liq savollarni yopish uchun amalga oshirgan.

6-ish

“Santos”Neymar va uning do'stlariga qarshi

2015 yil mayda “Santos” FIFAga “Barsa”, Neymar, uning otasi va ularning kompaniyalari ustidan arz qilgan. Bu muammoni hal etish uchun klub FIFA tashkil qiladigan sport sudini xohlagan. Bu erda Braziliya klubi bosh jabrlanuvchi. Klubga 57,1 milliondan 17,1 million summani to'lashgan xolos. SHartnoma bo'yicha ular ko'proq mablag' olishlari lozim. Oktyabrda esa “Santos” Neymarning diskvalifikaciyasini talab etishga haqqi borligi malum bo'ldi.  FIFA intizom kodeksining 62, 17(3), 17,(5) moddalari bilan ayblanishi mumkin. Bunda jarima va futbolchini chetlatish haqida gap boradi.

7-ish

“DIS Esporte” Neymar va uning do'stlariga qarshi

Futbolchining aniq transfer bahosidan keyin “DIS” kompaniyasi ham “Barselona”, Neymar, uning otasi va “Neymar Sport and Marketing” kompaniyasiga qarshi ish boshladi. Iyunda sudya Xose de la Mata ishni tinglashga rozi bo'ldi.

8-ish

Braziliya Neymar va uning do'stlariga qarshi

2015 yil sentyabrda San-Paulo federal sudi Neymar va uning oilasi aktivlarini muzlatib qo'ydi. Sudya Neymar bazi daromad manbalarini yashirayotganini malum qildi. Boshqa manba sifatida “Barselona” gavdalanmoqda. Oxir-oqibat sudya uch marta aktivlarni muzlatdi, lekin Neymar hamon bank hisoblarini boshqarmoqda.

Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика