Sanshesh Evro-2016dan so'ng ilk marotaba Portugaliya uchun rasmiy o'yinda gol urdi
15 noy 2021 09:03
Yangiliklar
Sanshesh Evro-2016dan so'ng ilk marotaba Portugaliya uchun rasmiy o'yinda gol urdi
Portugaliya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Serbiyaga qarshi o'yin o'tkazdi (1:2).
O'yinning ikkinchi daqiqasida Renatu Sanshesh gol urib, jamoasini oldinga olib chiqqandi.
Bu 24 yoshli futbolchi uchun terma jamoa safidagi uchinchi gol bo'ldi. Rasmiy o'yinlarda u ikkinchi golini urdi. Birinchi golini u Evro-2016 turnirida raqib darvozasiga urgandi.
Fikrlar