So’nggi yangiliklar

21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  0 21:00Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" (матнли трансляция)  3 21:00Суперлига. "Сўғдиёна" - "Қўқон-1912" 2:1 (матнли трансляция)  4 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  1 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 19:21Салоҳ: "Ҳеч қачон "Ливерпул"га қайтишдан бунчалик қўрқаман деб ўйламагандим. Диогунинг йўқлигига кўникиш ниҳоятда қийин"  1 18:58Хитой клуби рақибларини лаънатлагани учун жаримага тортилди  0 18:32Диогу Жотанинг ҳаётий ҳақиқатлари  1 18:14"Барселона" Уильямснинг трансфери барбод бўлгач, эътиборини "Ливерпуль" футболчисига қаратди  8 17:48"Арсенал" футболчиси билан шартномани муддатидан олдин бекор қилди  1 17:20"Бавария" собиқ ҳужумчиси Остон Ўрунов ўйнаётган жамоага бош мураббий бўлди  1 16:53"Ливерпуль" устози Слот Жота билан охирги суҳбати нима ҳақида бўлганини айтиб берди  0 16:27Расман: "Сўғдиёна" албаниялик ҳужумчи трансферини эълон қилди  13 16:10Дарвин Нуньес: "Табассумингни унутмайман"  1 15:44"Манчестер Сити" португалиялик дарвозабоннинг товон пулини тўлашга тайёр  0

Sankt-Peterburg arenadan uchrashuvga sanoqli daqiqalar qolganida "CA"dan jonli reportaj Yangiliklar

Sankt-Peterburg arenadan uchrashuvga sanoqli daqiqalar qolganida "CA"dan jonli reportaj

Balki O'zbekiston uchun ajratilgan kvotalar soni bor yo'g'i 3ta bo'lganligi uchun bo'lsa kerak, FIFA menga JCHning so'nggi 4ta uchrashuviga media chiptani taqdim etdi.

So'nggi 4 kunni Moskva - Sankt-Peterburg shaharlariga qatnash bilan o'tkazdim. Franciya - Belgiya o'yinini tomosha qilgach, rus poytaxtiga yo'l oldim va u erda Angliya - Xorvatiya bahsini o'tkazib yana Rossiyaning eng go'zal shahriga etib keldim. Bugun 3-o'rin uchun bo'lib o'tadigan o'yinda Belgiya - Angliya terma jamoalari bahs olib boradilar. Bu o'yin statistikasidan tortib, prevyularigacha saytda ko'p yozildi. Men atrofga boqqanim maqul. O'yinga kelishdan avval Andrey Vlasichev bilan ko'rishdik. Vlasichev bugunda bolalar futbolida faoliyat olib borayapti. Mana ikki yildirki, 2006 yilda tavallud topgan yosh futbolchilarga futbol saboqlarini o'rgatayapti. Jamoasini O'zbekistondagi musobaqalarga tashrif buyurishi haqida gaplashdik, chakki bo'lmas edi.  

Kecha qiziq voqea bo'ldi. Juma namozini ado etish uchun Google kartasidan eng yaqin masjidni qidirdim. Gorkiy metro stanciyasi yaqinini ko'rsatdi. Metroning eskalatoridan chiqa turib xaritaga yana bir bor qaradim. Endigi manzil 5 km masofani ko'rsatayotgandi, adashdim. Vaqt esa tig'iz. Ex... Qaytib ketishim kerak. Lekin Sankt-Peterburg metrosining ko'cha tomoniga chiqish qildingizmi, qaytib kirishingiz uchun aylanib yana kirar ekansiz. Yaxshi ham shunday ekan, metrodan tashqariga chiqqanimda 50 metr nariroqda masjid ko'rindi, quvondim. Agar metro tizimi biznikidaka bo'lganida ortimga qaytib ketgan bo'lar ekanman. 

Keyingi manzil stadion edi. Bir payt yonimga kulib Davron kelayapti... Er dumaloq, bejizga dunyoni tor demaymiz. Ha, bu o'sha bizni JCHga olib chiqmoqchi bo'lgan Davron Kabulov. Davron bilan 2003 yil tanishgan edik. Men 11 sinf, u 1-kurs talabasi. Biz sobiq "Kamolot" tomonidan tashkil qilingan "Bunyodkor" yoshlar klubining juranlistika yo'nalishida to'qnash kelganmiz. Qolaversa, o'sha paytlar Osiyo chempionlar ligasiga doir matubot anjumanlari aynan o'sha erda bo'lardi. Keyin Universitetda birga o'qidik. U baxtini Sport TV kanalidan topdi, men esa o'sha paytda www.myp.uz degan saytdan o'rin oldim. Davronning keyingi faoliyatini mendan ham yaxshi bilsangiz kerak. Kechga yaqin Sankt-Peterburgdagi ko'plab o'zbekistonliklarning istagi bilan shahardagi eng qadimiy, "teatrlalniy" binosi yaqinida uchrashuv bo'lib o'tdi. U bilan suratlarga tushishar. Oldimizdagi sayyohlar hayron, kim, u? Biz futbol yulduzi deb jilmayamiz. Orasida "CA" o'quvchilari ham ko'p ekan. Qaytimiga men bilan suratga tushishdi )) shunday hazillarga boy tadbirchadan keyin tungi soat 1:00da Neva bo'yida paromda sayr qildik. Gollandiya andozasi asosida bunyod etilgan tungi Sankt-Peterburgga imkoningiz bo'lsa bir kelib keting, afsuslanmaysiz. Ota-onamni olib kelishni niyat qildim (undan ko'ra hajga olib bor deb piching qilayotganlarga, malumot uchun bu eng katta orzuim).

Kecha tushdan keyin FIFA final uchun chipta berganidan so'ng kayfiyat yanada ko'tarildi. Rossiyaga 1 mlnga yaqin sayyoh kelgani malum qilindi. Bu davlat uchun taxminan 1-1.5 mlrd miqdorida valyuta kirib keldi degani. Rossiya JCHdan katta foyda ko'rgan bo'lsa ajab emas. Ayniqsa, ko'plab shaharlarining infrastrukturasi yaxshilab olindi. 

Bugun, 14 iyul! Jahon chempionatining uchinchi o'rini uchun bahs. Ayni paytda stadionning media tribunasidan o'tirib yozilayotgan blogimni suratlar bilan davom ettirib qo'yaman.

Bugun Sankt-Peterburgda yomg'ir bir yog'ib, bir tinadi. Jahonning eng kuchli OAV tashkilotlarining muxbirlari bugun mana shu media Markazga jam bo'lishgan.Hozircha stadion bo'sh. Lekin o'yin boshlanishiga 5 daqiqa qolganida, bironta joy qolmaydi.JCHda ishtirok etayotgan OAV vakillari juda ko'pligi uchun, shu kungacha menga tribunadangina joy berayotgan FIFA mutasaddilari, 3-o'rin uchun uchrashuvga ishlash imkonini beradigan sektordan joy berdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика