Sanjar Tursunov "Umm Salal"ga o'tadi
26 jan 2016 17:38
Yangiliklar


Sanjar Tursunov "Umm Salal"ga o'tadi
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar Tursunov kecha Ukrainaning "Vorskla" klubini tark etgani haqida xabar bergandik.
Tursunovga Qatar klubidan jiddiy taklif tushgani uchun Ukraina klubini tark etgani barchaga malum. Futbolchi Qatarning "Umm Salal" klubida faoliyatini davom ettiradi.
Malumot uchun, "Umm Salal" klubi 1979 yilda tashkil topgan. Jamoa Doha shahri sharafini himoya qiladi. Bosh murabbiy turkiyalik Byulent Uygun hisoblanadi.
"Umm Salal" 15ta turdan so'ng 23 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda.
Klubda braziliyalik Velinton, eronlik Andranik Teymurian, franciyalik Jeremi Aliadiere va KotD Ivuar vakili Yannik Sagbo kabi legionerlar to'p tepishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar