Sanjar Tursunov "Umm-Salal" bilan 1,5 yillik shartnoma tuzdi
27 jan 2016 15:13
Yangiliklar
Sanjar Tursunov "Umm-Salal" bilan 1,5 yillik shartnoma tuzdi
29 yoshli futbolchi faoliyatini bunga qadar Ukrainaning “Vorskla” jamoasida olib borayotgan edi. 2014 yildan buyon poltavaliklar tarkibida to'p tepib kelgan yarim himoyachi endilikda faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradi.
Sanjar Tursunov shu oy avvalida jamoani tark etgan eronlik futbolchi Andranik Temuryanning o'rnini to'ldirish uchun xarid qilindi, deb yozadi Qatar Yulduzlar Ligasi rasmiy sayti ushbu transfer haqida.
Takidlanishicha, futbolchi 27 yanvar, seshanba kuni klub bilan 18 oyga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan. SHuningdek, Tursunov o'zining yangi jamoasi bilan seshanba kungi mashg'ulotlarda qatnashgan. Uning “Umm-Salal” tarkibidagi debyuti 28 yanvar kuni chempionat peshqadami “Ar-Rayan”ga qarshi o'yinda bo'lishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar