So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  1 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Sanjar Tursunov keyingi bahsda o'ynamaydi (Qo'qondan 11 ta fakt) Yangiliklar

Sanjar Tursunov keyingi bahsda o'ynamaydi (Qo'qondan 11 ta fakt)

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK safarda "Qo'qon-1912" bilan durangga imzo chekdi.

Qo’qon-1912

Andrey Sidorov - 72', Ivan Yosovich - 83'

Superliga. 25-tur

20/11/2021, 14:00

2
:
2
Tugadi

OKMK

Martin Boake - 15', Boburbek Yuldashev - 81'

45'
90'
72'  Andrey Sidorov
72'  Asadbek Sobirzhonov
83'  Ivan Yosovich
15'  Martin Boake
15'  Mirjamol Qosimov
81'  Boburbek Yuldashev

Mazkur uchrashuvga aloqador qiziqarli malumotlarni yig'ib chiqdik.

1. Ushbu jamoalar ilk bor Qo'qonda durang o'ynashdi. AGMK va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi o'yinlarda bunga qadar 2 marta g'olib nomi aniq bo'lmagan va har 2 o'yin Olmaliqda o'tgan edi.

2. Andrey Sidorov Superliganing joriy mavsumida 3-golini urdi. Bunaqasi 2016 yildan beri kuzatilmayotgandi.

3. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari qatorasiga 17-o'yinida to'p kiritgani holda Superligadagi eng yaxshi golli seriyani qayd etmoqda. Jamoa so'nggi bor 8-turda maydonni golsiz tark etgandi ("Paxtakor" 3:0 "Qo'qon-1912").

4. Uchrashuvni 3 255 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi. Malumot uchun, AGMKning so'nggi 3 o'yiniga umumiy hisobda 900 kishi tashrif buyurgan edi.

5. Qo'qonliklar tarkibida Oybek Rustamov va Ivan Yosovich 4-sariq kartochkasini oldi va keyingi uchrashuvni o'tkazib yuboradigan bo'ldi (PFL rasmiy sayti). 

6. AGMK tarkibida ogohlantirilgan Sanjar Tursunov ham keyingi uchrashuvda qatnashmaydi (PFL rasmiy sayti).

7. Martin Boake gol urgan o'yinlarda AGMK yutqazmayapti (3). Bobur Yo'ldoshev gol urgan uchrashuvlarda esa yutolmayapti (2).

8. SHoxnazar Norbekovning golsiz seriyasi davom etadi. "Qo'qon-1912" forvardi oxirgi golini iyul oyida urgan edi.

9. AGMKning mag'lubiyatsiz o'yinlardan iborat seriyasi 9 ta o'yinga etdi (5 g'alaba, 4 durang).

10. Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'yinlar har doim gollarga boy bo'lgan. So'nggi 9 to'qnashuvda 33 ta gol kiritildi

11. AGMK bu yil Ilgiz Tantashev boshqargan o'yinlarda yutqazmayapti (2 g'alaba, 3 durang).

Superliga. Penaltilar hisobdan chiqarilsa, kim to'purar bo'ladi? (Jizzaxdagi o'yin haqida 11 fakt)

Muallif :
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика