So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  1 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

Sanjar Tursunov: "Babayan to'g'ri taktika tanlasa, termamiz g'alaba bilan qaytadi" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Babayan to'g'ri taktika tanlasa, termamiz g'alaba bilan qaytadi"

Qatar yulduzlar ligasining yakunlangan mavsumida hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p surayotgan Haraytiyat jamoasi 7-o'rinni egalladi.
SHundan so'ng ushbu mamlakatda to'p surayotgan legionerlarimiz Toshkentga qaytib kelishdi. Ular ikki oylik tatilni yurtimizda o'tkazishadi. Fursatdan foydalanib, biz Sanjar Tursunovdan intervyu oldik. Yarim himoyachini "JFL Tashkent" bolalar futbol klubiga master-klass, yani mahorat saboqlarini o'tayotgan paytda uchratdik.

- Sanjar, yosh futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazish asnosida o'zingizning bolalik yillaringiz esga tushgandir?


- Albatta. Beixtiyor to'p tepishni boshlagan ilk davrimni esladim. U paytlari bugungidek chim yoki yumshoq suniy qoplamali stadionlar bo'lmagan. Futbol sir-asrorlarini rezina maydonda o'rganganmiz. Bu tomondan hozirgi yoshlarga havas qilaman.

- SHaroitlar ham boshqacha...


- Ha, er bilan osmonchalik farq bor. Ota-onalar farzandlari uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib berishgan. Bunday sharoitlarda o'ynagandan keyin bolalar albatta, kun kelib ularning orzusini ro'yobga chiqarishlari shart.

- Endi asosiy savollarga o'tsak ham bo'ladi. Qatar chempionatidan olgan umumiy taassurotlar qanday bo'ldi?


- Hammasi yaxshi. CHunki biz klub rahbariyati tomonidan jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajardik. Maqsadimiz kuchlilar safidagi o'rnimizni saqlab qolish edi. CHempionatning so'nggi tur uchrashuvlarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, zimmamizdagi vazifani ado etdik. Turnir jadvali ekvatoridan joy egallagan holda chempionatni tugatdik va yaxshi kayfiyatda tatilga chiqdik.

- Siz avval ham Qatar yulduzlar ligasida o'ynagansiz. Agar taqqoslaydigan bo'lsak, chempionatda nima o'zgargan?


- Birinchi galda raqobat oshganligini ko'rish mumkin. CHempionlik uchun 4ta jamoa kurash olib bordi. Mavsum yakunlanishiga bitta tur qolganda Lahviya g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bunga bir tomondan Al-Saddning o'zi ham beixtiyor ko'maklashdi: o'z maydonida durang o'ynadi. Albatta, mana shunday kutilmagan natijalarning avvalgi yillarga qaraganda ko'proq qayd etilgani ham chempionatning qiziqarli o'tishini taminladi. O'ylashimcha, Qatar chempionatining saviyasi yildan-yilga oshib boryapti.

- To'g'riku-ya, lekin mavsum o'rtalariga borganda chempionlik uchun asosan Lahviya va Al-Saddning kurash olib borishi ko'zga tashlandi. SHunday holat saqlanib qolsa, bu keyingi mavsumlarda Qatar chempionati saviyasiga salbiy tasir o'tkazmasmikan?


- Birinchi davrada Al-Jaish va Al-Rayyan klublari chempionlik poygasida Lahviya hamda Al-Saddga kuchli raqobatni yuzaga keltirishgandi. Lekin ikkinchi davradan boshlab bu ikki jamoa o'yinida pasayish ko'zga tashlandi. Mazkur klublar keragidan ortiqcha ochkolarni boy berishdi. Buning natijasida ikkinchi davra o'rtalariga kelib chempionlik masalasi Lahviya va Al-Sadd o'rtasida hal bo'lishi deyarli oydinlashib qoldi. Lekin yuqorida aytganimdek, chempionatda kutilmagan natijalar ko'p kuzatildi. Bu esa qolgan jamoalarda ham o'sish ko'zga tashlanayotganini ko'rsatmoqda. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, Qatar chempionatining saviyasi tushmayapti.

- Biroz kutilmaganda Al-Jaish va Lahviya jamoalari birlashtirildi. Vaholanki, bu ikki klub chempionlik uchun kurashgandi. Umuman, ushbu yangilik Qatar futbol jamoatchiligi tomonidan qanday qabul qilindi?


- Ochig'i, mazkur xabar ko'pchilikni hayron qoldirdi, ayrimlar bunga ishonmadi, umuman etibor bermaganlar ham uchradi. Lekin bu malumot yakunda haqiqat bo'lib chiqdi. CHempionlik uchun kurashgan ikkita jamoaning birlashtirilishi - Qatar chempionati uchun katta yo'qotish. Saviyaga salbiy tasir qilishi mumkin. Ammo boshqa tarafdan qolgan jamoalarda imkoniyat paydo bo'ladi. SHundan kelib chiqib aytish mumkin, bu yangilikning ham ijobiy, ham salbiy tomoni bor.

- Qatarda chempion va kubok sohibiga futbol federaciyasi tomonidan mukofot puli ajratilganmi? Bundan xabaringiz bormi?


- Bilishimcha, chempion jamoa va Amir kubogini qo'lga kiritgan klubga mukofot puli bor. Faqat uning aniq summasini bilmayman. Tabiiyki, bir necha million dollarni tashkil qiladi. Qo'shimcha tariqasida, mavsum yakunlariga ko'ra, Qatar yulduzlar ligasini 3ta jamoa tark etganini takidlamoqchiman.

- Haraytiyatda mavsum yakunlari muhokama qilindimi? Jamoaning ishtiroki qanday baholandi?


- Ha, ushbu masala yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Unda klub rahbarlari ishtirok etib, yakuniga etgan mavsumdan to'laligicha ko'ngillari to'lganligini aytishdi. Futbolchilar va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildirildi. Yangi mavsumda imkon qadar ko'rsatkichimizni yaxshilashimiz kerakligi aytildi.

- SHaxsan o'zingiz Haraytiyatning ishtiroki haqida nima deya olasiz? Imkoniyat darajasida o'ynadinglarmi yoki natija kutganinglardan yaxshiroq bo'ldimi?


- O'ylashimcha, 7-o'rin jamoamiz uchun yaxshi natija. Men kelgan paytimda klub autsayderlar qatoridan joy olgandi. Ikkinchi davra o'yinlarini yuqori kayfiyatda o'tkazish asnosida chempionatni o'zimiz kutgandan ham yuqoriroq o'rinda tugatdik. SHu sababli ham jamoam va shaxsan o'zim uchun chempionat yaxshi o'tdi, deb hisoblash mumkin. Kelasi mavsum natijalarimizni yanada yaxshilashga intilamiz. Buning uchun jamoada ichki potencial etarli.

- Bosh murabbiy jamoada qoladigan bo'ldimi?


- Ha, klub rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirdi. Tatildan qaytganimizdan so'ng shu mutaxassis qo'l ostida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Klub bilan amalda yana bir yillik shartnomangiz bor edi. Bu imkoniyatdan foydalanasizmi? Aytmoqchimanki, yangi mavsumda ham Haraytiyat sharafini himoya qilasizmi?


- Ha, jamoada qolishim aniq bo'ldi. Jamoa rahbarlari va murabbiylar men ko'rsatgan o'yindan to'laligicha qoniqish hosil qilishdi.

- Jamoada o'zingizning sevimli poziciyangizda o'ynayapsizmi yoki vaziyat yoxud murabbiy talabi bilan maydondagi vazifangiz o'zgarib turibdimi?


- Asosan o'z poziciyamda o'ynayapman. Murabbiy yarim himoya chizig'ida erkin harakat qilishim uchun imkoniyat bergan. Albatta, futbolchi murabbiy uni qaysi poziciyada ko'rsa, o'sha joyda o'ynashi kerak, deb o'ylayman. Biz professionalmiz va tabiiyki, har qanday holatga tayyor turmog'imiz lozim.

- Tatil qancha muddatga berildi?


- Futbolchilarga 10 iyulgacha dam berildi. SHu kuni klub ixtiyoriga etib borishimiz kerak. Hozir tayyorgarlikning aniq qaerda o'tkazilishi nomalum. Katta ehtimol bilan Evropa mamlakatlarining birida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etilsa kerak. U erda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish imkoniyati ko'proq bo'ladi. Qolaversa, iqlimi ham Qatarga qaraganda ancha salqin. Murabbiylar yangi mavsumga shu omillardan kelib chiqib tayyorgarlik rejasini tuzishsa kerak.

- Tatilni qaerda o'tkazishni rejalashtiryapsiz?


- Imkon qadar oila azolarim, yaqinlarim davrasida qolmoqchiman. O'zbekiston - jannatmakon o'lka. O'zimizda ham Evropadan qolishmaydigan joylar ko'p.

- Mana bir necha kundan beri yurtimizdasiz. CHempionatimiz doirasidagi birorta o'yinni stadiondan tomosha qildingizmi?


- Toshkentga kelganimga hali ko'p vaqt bo'lmadi. Malum muddat Dubayda hordiq chiqardim. SHu bois, hali chempionatimiz o'yinlarini bevosita stadiondan tomosha qilish imkoniyati yuzaga kelmadi. Televizor orqali va internetdagi xabarlarni o'qib, tur o'yinlarida qayd etilayotgan natijalardan boxabar bo'lib boryapman.

- Umuman, chempionatimiz haqida fikringiz qanday?


- Bu borada tayinli fikr bildira olmayman, deb qo'rqaman. Sababi, tur o'yinlarini kuzatib borishning imkoni umuman yo'q. Qatarda O'zbekiston chempionati translyaciya qilinmaydi. SHu sababli, faqat internet tarmog'i orqali o'yinlarda qayd etilgan natijalarni bilish bilan cheklanaman. Ha, turnir jadvaliga qarab, kutilmagan natijalar ko'p kuzatilayotganini ko'rish mumkin. Sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalarning ko'paygani yaxshi. Lekin bu kutilmaganlik mavsum oxirigacha saqlanib qoladimi, degan savolga hozircha hech kim javob bera olmaydi.

- Sizni terma jamoada ko'rish istagida edik. Lekin... SHunday bo'lsada, Eronda kechadigan o'yindan nimalar kutyapsiz? Tehrondan ijobiy natija bilan qaytishning iloji bormikan?


- SHaxsan men faqat g'alaba kutyapman. Boshqa natija bizning foydamizga ishlamaydi. Guruhda chigal vaziyat yuzaga kelgan. Ochko yo'qotishga aslo haqqimiz yo'q. O'z o'rnida eronliklar ham ochko yo'qotmaslik haqida o'ylashadi. Ular bo'lajak o'yinda g'alaba qozonib, muddatidan oldin JCH-2018 final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilishadi. Boz ustiga, forslar o'z muxlislari ko'z o'ngida o'ynashadi. Ozodi stadionida yuzaga keladigan muhitni alohida tasvirlab berish shart emas. Arena o'z bag'riga 100 000 atrofida tomoshabinni sig'dira oladi, saralash bahslarida deyarli muxlislar bilan to'lyapti. Lekin bundan xavotirga tushmaslik kerak. Hozirgi tarkibdan o'rin olgan aksariyat futbolchilarimiz bundan avvalgi saralash bosqichidagi uchrashuvda ham Ozodida o'ynashgan. Nafaqat o'ynashgan, balki g'alaba bilan qaytishgan. Futbolchilarimizning bu safar ham mazkur vazifani sharaf bilan uddalashlaridan umidvormiz. Statistikaga etibor qaratsak, eronliklar saralashda hali gol o'tkazib yubormagan yagona jamoa bo'lib turishibdi. Bu ularning himoyada mustahkam o'yin namoyish etishlaridan darak bermoqda. Agar o'yinga to'g'ri taktika tanlab, futbolchilar astoydil harakat qilishsa, Tehrondan g'alaba bilan qaytishadi. Biz televizor qarshisida futbolchilarni g'oyibona bo'lsada qo'llab-quvvatlab turamiz.

- Sanjar Tursunov qaysi klublarga muxlislik qiladi va nima uchun?


- Hech biriga alohida ishqibozlik qilmayman. SHunchaki, chiroyli futbol tarafdoriman. Televizorda shunday o'yinni ko'rib qolsam, qaysi jamoalar o'ynayotganiga ahamiyat bermagan holda uchrashuvni tomosha qilaman. Qaysidir bir klubning o'yinini kutadigan odatim yo'q.

- Kumir sifatida qaraydigan futbolchingiz bormi?


- Odil Ahmedov mening kumirim hisoblanadi. Yoshligimdan shu futbolchining o'yinlariga havas bilan qaraganman. Buni o'ziga ham bir necha bor aytganman (kuladi).

- Qaysi taomni xush ko'rib istemol qilasiz va o'zingiz ham pazandamisiz?


- To'g'risini aytsam, hamma o'zbek milliy taomlarini yaxshi ko'raman. Ko'pam ovqat tanlamayman. Baxtimga rafiqam pazanda. Oilam Qatarda men bilan birga. SHu bois, egulik masalasida muammoga duch kelmayman. Uyimizda deyarli har kuni milliy taomlarimiz tayyorlanadi.

- Qatar terma jamoasining JCH-2018 saralash bosqichidagi ishtiroki mamlakatda qanday qabul qilinyapti?


- Terma jamoaning guruhdagi raqiblar bilan taqqoslaganda kuchsizroq ekanligi oydinlashib qoldi. Biz har ikkala o'yinda Qatarni mag'lub etdik. Qolgan uchrashuvlarda guruhdagi asosiy raqiblarimizdan ochko tortib olishsa yaxshi bo'lardi (kuladi). Tabiiyki, mamlakatda futbol muxlislari va mutasaddilari jamoa ishtirokini yaxshi qarshi olishmadi. Besh yildan so'ng Qatar mundialga mezbonlik qiladi. Ushbu mamlakat termasi musobaqada to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi. Murabbiylar oldiga o'sha chempionatga jamoani kuchli, raqobatbardosh tarzda tayyorlab borish vazifasi qo'yilgan.

- Murabbiylik haqida ham o'ylay boshladingizmi? Aksariyat mashhur murabbiylar futbolchilik faoliyatlaridayoq ustozlarining ishini kuzatib, yon daftarchalariga yozib yurishadi. Sizda ham shunday holat ko'zga tashlanyaptimi?


- Murabbiy bo'laman yoki bo'lmayman, deya olmayman. CHunki bu haqda o'ylab ham ko'rmadim. Ushbu masalaga faoliyatim yakunlanishi arafasida to'xtalsam to'g'ri bo'lsa kerak. Asosiysi, o'zim bilgan narsalarni yosh futbolchilarga o'rgatarman. Bilmadim, hozircha bolalar murabbiyi bo'lishga moyillik ko'proqdek ko'rinyapti.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика