So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  7 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Sanjar Tursunov: "Asosiy maqsadimiz - natija" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Asosiy maqsadimiz - natija"

Terma jamoamizning "Umm Salal" safida harakat qilayotgan futbolchisi Sanjar Tursunov Bahraynga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Filippin bilan o'yinda maydonga tushmagan bo'lsamda, g'alaba qozondik. Asosiy maqsadimiz - natija. U men bilan erishiladimi yoki mensiz, bu katta ahamiyatga ega emas. Bilasiz, futbolchi uchun o'z manfaatlari emas, jamoa manfaati birinchi o'rinda turadi. Biz O'zbekiston nomidan ishtirok etmoqdamiz", - deydi Tursunov.

- Sizni ham terma jamoaning fahriy futbolchilaridan biri deb hisoblasak bo'ladi. SHuni hisobga olgan holda qanotda o'ynagan Eldor SHomurodovning o'tgan o'yindagi harakatlariga qanday baho bera olasiz?

-  Eldor so'nggi o'yinlarni yaxshi o'tkazdi. "Bunyodkor"dagi o'yinlarini hali ko'rganim yo'q. Lekin, u o'sha kuni bundan ham yaxshiroq o'ynay olishi mumkin edi. Hali yosh, muhimi xatolari ustida ishlashi va olg'a intilishi kerak.

- Filippinga qarshi o'yinda raqib darvozabonining ajoyib o'yinlarini hisobga olmasak, bizga nima etishmadi?

- Biz o'sha kuni ko'plab zarba berdik. Statistikani ham ko'tarsak, o'yin davomida 40ga yaqin vaziyatni yaratibmiz. Raqib posbonining ham hizmati katta bo'ldi. Agar ertaga shu o'yinimiz chiqsa, hisob ham muxlislarga yoqadigan holatda bo'lishi mumkin.

- Ertangi o'yin bizdan ko'ra Bahraynga muhimroq. CHunki ular Osiyo CHempionati yo'llanmasi uchun ham kurashadilar. Ertaga raqibdan qanday o'yin kutyapsiz?

- O'ylashimcha, o'yin biz uchun ham muhimroq. CHunki, guruhda birinchi o'rinni olmoqchimiz. Muxlislarimiz oldida faqat va faqat g'alaba uchun o'ynamoqchimiz. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика