So’nggi yangiliklar

23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4

Sanjar To'raqulov: “Muxlislarimiz borligi – omadimiz” Yangiliklar

Sanjar To'raqulov: “Muxlislarimiz borligi – omadimiz”

Teglar :  Sanjar To'raqulov
O'zbekiston XXV milliy chempionati doirasidagi “Nasaf” – “Obod” uchrashuvidan so'ng poytaxt jamoasining etakchi futbolchisi Sanjar To'laqulovning fikrlari bilan qiziqdik.

-   O'yin qiziqarli bo'ldi. Ikkala jamoa ham hujumkor va muxlislarga manzur bo'ladigan o'yin namoyish etishdi. Afsuski butun o'yin davomida yog'ib turgan yomg'ir o'yin sifatiga tasir qildi. “Nasaf” kuchli jamoa, OCHLda ham munosib ishtirok etmoqda. SHunday raqib bilan tengma-teng kurashganimiz – jamoamizning yutug'i. Garchi bugun yutqazgan bo'lsakda, bu o'yin o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni oshishiga yordam beradi, deb o'ylayman.

-   Siz asli Qashqadaryo farzandisiz. Tug'ilib o'sgan voha jamoasiga qarshi to'p tepish oson bo'lmasa kerak...
-   Biz professionalmiz. Maydonga tushdikmi, vazifamizni sidqidildan bajarishimiz kerak.

-   Bir vaziyatda sizning zarbangizga biroz aniqlik etishmadi. Bunda maydon holati ham o'z tasirini ko'rsatdimi?
-   Albatta. CHunki yomg'ir natijasida to'p sirpanchiq hamda vazni ham biroz og'irlashgan edi. Doniyor (Hasanov) burchakdan to'pni o'yinga kiritgach, uni himoyachilar qaytardi va to'p oyog'imga kelib tushdi. O'sha vaziyatda nazarimda to'p himoyachining qo'liga tekkandek ko'rindi. Bu penalti degani. Lekin hakam to'p yana burchakdan o'yinga kiritilishini ko'rsatdi.

-   Jamoani qo'llab-quvvatlash uchun poytaxtdam kam sonli bo'lsa-da muxlislar tashrif buyurishdi.
-   Safardagi o'yinlarda muxlislarning kelib qo'llab turishi futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. SHunday muxlislarimizning borligi – bu bizning omadimiz. Kelgusi o'yinlarda ularni g'alabalarimiz bilan quvontirishga harakat qilamiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика