

- “Obod” bilan do'stona ravishda xayrlashdik. U yerda ajoyib damlarni o'tkazdim. Ahil bir oila yig'ilgan. Nima uchun ketdim? Chunki birinchi davrada ko'p vaqtimni zaxirada o'tkazishga majbur bo'ldim. Murabbiylar ishonchi biroz pasayganini his qildim va jamoamni o'zgartirishga qaror qildim. Rahbariyat ham qarorimni xurmat qildi va qarshilik ko'rsatmadi.
- Hozir erkin agentman va takliflar bo'lishin kutyapman. Ayrim klublar og'zaki ravishda xizmatimga qiziqqan edi. Ko'ramiz, agar kelisha olsak yaqin orada yangi klubimni nomini ma'lum qilaman. Ayni damda uydaman. O'zim yakka tartibda shug'ullanib turibman, - deydi To'raqulov.


