So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Sanjar SHoahmedov: Olmaliq o'sishimga yordam bergan Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: Olmaliq o'sishimga yordam bergan

Lokomotiv yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov so'nggi yillarda ancha o'sishga erishgan futbolchilar toifasiga kiradi.

Uning Olmaliqdan Lokomotivga o'tishi faoliyatida oldinga tashlangan qadam bo'ldi - hozirda temiryo'lchilarning asosiy figuralaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Maydonda tezkorligi, mehnatkashligi bilan hammadan ajralib turadi, hamisha borini berib o'ynashga odatlangan. U bilan uyushtirgan suhbatimiz chog'ida Sanjarning futbolga kirib kelish yillarini yodga oldik.

- Sanjar, dastlab futbolga kirib kelishingizni yodga olsak...


- Millionlar o'yiniga kirib kelishim ko'chada to'p tepishdan boshlangan. Keyinchalik qiziqishlarim ustunlik qilib, 6 yoshimda CHig'atoy futbol maktabiga borganman. U erda har kungi mashg'ulotlar, o'yinlardan keyin kelajagimni mazkur sport turi bilan bog'lashga ahd qilganman. Menimcha, shu sport turini tanlaganim - to'g'ri qaror.

- Agar futbolchi bo'lmaganingizda nima bilan shug'ullanardingiz?


- Hayotimni futbolsiz tasavvur qilolmayman. SHu bois bu savolingizga aniq javob berishim qiyin. Boya aytib o'tganimdek, millionlar o'yini qolgan yumushlardan ustunlik qilgan. Aynan shu jihatlari uchun ham faoliyatimni sportning shu turida davom ettirishga qaror qilganman.

- Olmaliq faoliyatingizdagi ilk jamoa hisoblanadi. Bu klubga qay tariqa borib qolgansiz?


- Hammasi CHig'atoydan boshlangan. Biz ikkinchi liga bahslarida ishtirok etardik. Ustozimiz Marat Kabaev Olmaliq o'rinbosarlarini shug'ullantira boshlagach, bizni bu klubga olib borgandi. Yodingizda bo'lsa, jamoa 2008 yilda oliy ligaga chiqqan edi. SHu tariqa, Kabaev tavsiyasi bilan mash-g'ulotlarda ishtirok etdik. Xatti-harakatlarimiz Igor SHkviringa ham maqul kelgan. SHu tariqa jamoa o'rinbosarlari safida qolganmiz.

- Faoliyatingizda Olmaliqning tutgan o'rnini qanday baholaysiz?


-  Olmaliqda chin manoda o'sishga erishdim. Birinchi navbatda, o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. SHkvirin qo'l ostida futbolning menga notanish jihatlarini o'rganib, izlandim. Bu esa tajribam oshishiga ulkan hissa qo'shdi. Lokomotivga yo'l olishimda ham bu jamoaning o'rni katta. Olmaliqda o'tkazgan yillarim men uchun faqat oldinga tashlangan qadam vazifasini o'tadi. Avvalo, mening hozirgi darajaga chiqishimda yordam berganliklari uchun Olmaliqda birga faoliyat ko'rsatgan murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman.

- Igor SHkvirin yoshlar bilan ishlashni yoqtiradi. Sizningcha, bu mutaxassis qanday imkoniyatlarga ega?


- SHkvirin juda kuchli murabbiy. Undan o'rganganlarim menga asqotmoqda. O'sha yillari murabbiy futbolda bilmagan sir-asrorlarni o'rgatibgina qolmay, biz bilan borini berib ishlardi. Vaqtida kuchli hujumchi bo'lgan, millionlar o'yinidagi past-balandliklardan yaxshi xabardor. Menga ishonch bildirib, maydonga tushira boshladi. Oliy ligada toblanib borishimga ko'mak berdi.

- Olmaliqni tark etib, faoliyatingizni xorijda davom ettirishingiz mumkin edi. Hattoki, Bahraynga ham borib, jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgandingiz. O'shanda ko'rfaz mamlakatida qolishingizga nima xalaqit qilgandi?


- O'sha payt chempionatimizdagi uch-to'rta kuchli jamoadan taklif tushgandi. SHuningdek, Bahrayn chempionati ishtirokchisi ham qiziqish bildirib, olti oylik shartnoma vada qilgandi. Bahraynga borib, jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etdim. Ammo ayrim masalalarda kelisholmay, ortga qaytdim. Aniqrog'i, jamoaning OCHLda qatnashmasligi, chempionatdagi jamoalar soni kamligi Bahraynda qolmasligimga sabab bo'lgan. Keyinchalik eng maqul variant sifatida Lokomotivni tanladim. OCHLda ishtirok etish istagi meni xorijda o'ynash fikridan qaytardi.

- Jamoangizning bu yilgi ishtirokidan qoniqyapsizmi?


- Etibor berayotgan bo'lsangiz, Lokomotiv yildan-yilga kuchaymoqda. Klub rahbariyati barcha sharoitlarni yaratib berganligi uchun ham yuqori vazifalar belgilanmoqda. Tabiiyki, bu holat futbolchilarni yanada ko'proq mehnat qilishga undaydi. Hozirda jamoa o'zining optimal holatiga etib kelgan. Uchta musobaqada ishtirok etayotgan bo'lsak, ularning hammasida g'oliblikni qo'lga kiritish vazifasi turibdi. Muhit yaxshi, sharoitlar alo. Faqat o'yin uslubimizni yanada kuchaytirish kerak.

- Lokomotivga oliy ligada chempionlikni qo'lga kiritish nasib etmayapti. Joriy mavsum bu orzuni amalga oshirish uchun ajo-yib imkoniyat yuzaga kelgan...


- Avvalgi mavsumlarda jamoamiz chempionatda bronza va kumush medallari bilan cheklanayotgandi. Qandaydir omadsizliklar tufayli ochkolar boy berilib, peshqadamlik qo'ldan ketardi. Joriy yilda esa chempionlik maqomini qo'lga kiritish uchun jiddiy kurashmoqdamiz. Peshqadamlikni saqlab turibmiz, maqsadimiz - turnir jadvalidagi taqibchilarni yaqinlashtirmaslik. To'g'ri, hali chempionat yakunlanmadi, oldinda bir-biridan qiyin bahslar borligini unutmaslik lozim. SHunga qaramay, Lokomotiv 2016 yilgi O'zbekiston chempioni nomini qo'lga kiritish uchun oxirigacha kurashadi.

- O'zbekiston kubogi ham sizlar uchun muhim musobaqa, shundaymi?


- Albatta. Boya aytib o'tganimdek, bizni faqat sovrinlar va shohsupaga ko'tarilish qiziqtiradi. Lokomotiv bir musobaqada g'olib chiqish uchun ikkinchisini boy berishni istamaydi. Aksincha, barcha turnirlarda faqat eng yuqori cho'qqini ko'zlaydi. O'zbekiston kubogi ham bundan mustasno emas, albatta.

AVAZBEK suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика