So’nggi yangiliklar

01:39А Серия. "Рома" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  0 00:56"Реал" афсонаси билан шартномасини бир йилга узайтиради  1 00:322016 йилги Golden Boy соҳиби ва Европа чемпиони ПСЖга қайтади  0 00:13Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" меҳмонда "Галатасарой"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  0 23:30Серия А. "Милан" - "Женоа" 3:3   0 23:25Бундеслига. "Айнтрахт" - "Байер" 1:5   0 23:20АПЛ. "Ливерпуль" - "Тоттенхэм" 4:2   0 23:15АПЛ. "Челси" - "Вест Хэм" 5:0   0 23:10Серия А. "Кальяри" - "Лечче" 1:1   0 22:47Александр Стоймирович: "Таркибимизда йўқотишлар бор"  0 22:45Самвел Бабаян: "Исталган жамоа Наманганга келганида ҳимоявий услубда ўйнайди"  16 22:25АПЛ. "Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  14 22:07Гнабри "Реал" билан ўйин олдидан: "Ўйинни ўлдириш керак"  4 21:42Илёс Зейтуллаев: "Ҳозир камроқ гапириб, кўпроқ ишлашимиз керак"  13 21:23Роналду "Интер Майами"га ўтиши мумкин — журналист Абдулазиз Ал Осаими  22

Sanjar SHoahmedov haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov haqida nimalarni bilamiz?

"Lokomotiv" futbol klubi yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov bugun 25 yoshni qarshi oldi.

SHu munosabat bilaning uning hayoti va futbolchilik faoliyatiga oid bazi qiziqarli malumotlarni keltirib o'tishni lozim topdik. O'ylaymizki, bu malumotlar muxlislar qiziqishiga sabab bo'ladi.

- Sanjar SHoahmedov 1990 yil 23 sentyabr kuni Toshkent shahar, SHayhontohur tumanida tug'ilgan.

- Oilasida jami etti kishi. Ota-onasidan tashqari to'rt o'g'il va bir qiz. Sanjar oilada o'g'il bolalar orasida kenja farzand. Uchta akasi bor. O'zidan ikki yosh katta akasi Sarvar SHoahmedov "Lokomotiv" futzal klubida to'p tepadi. Katta akalari esa futboldan yiroq kishilar. O'zining aytishicha, yoshlikdan birga o'sgani uchun Sarvar bilan sensirab gaplashadi.

- Sarvar SHoahmedov katta futbolga o'tsa, o'ynab keta oladimi? Bu savolga Sanjar shunday deb javob berdi: "Akam jismonan baquvvat, harakat qilsa o'ynab ketsa kerak".

- Sanjar SHoahmedov hozircha uylanmagan. Malumot uchun, yaxshi ko'rgan qizi ham yo'q.

- SHuningdek, unda shaxsiy avtomobil ham yo'q.

- "Olmaliq" - Sanjarning oliy ligadagi ilk klubi. Ungacha esa CHig'atoy futbol maktabida Gennadiy Denisov qo'l ostida shug'ullanib yurgan. U "Olmaliq" tarkibiga 2008 yil borib qo'shilgan. Ikki yil o'rinbosarlar tarkibida maydonga tushib, 2010 yildan buyon esa asosiy tarkibda o'ynashni boshlagan.

- Sanjar SHoahmedov 2010-2014 yillar mobaynida "Olmaliq" sharafini himoya qilgan. Bu vaqt oralag'ida oliy ligada 98 o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan. Oliy ligadagi dastlabki to'pini 2011 yil "So'g'diyona" darvozasiga kiritgan.

- Sanjar SHoahmedov 2015 yildan boshlab "Lokomotiv" futbolchisi hisoblanadi. U hozirgacha oliy liganing 21 uchrashuvida maydonga tushib 11ta gol urdi va 2 bor sariq kartochka oldi.  

- U "Olmaliq"da to'rt yil o'ynab 11ta gol urgan bo'lsa, bu ishni "Lokomotiv"da bir mavsumning o'zidayoq uddaladi. Vaholanki, hali chempionat tugagani yo'q va nasib qilsa hali yana ko'p gol uradi.

- SHoahmedov "Lokomotiv"da 22-raqam ostida to'p tepadi. SHu paytgacha oliy ligada jami urgan gollari ham 22ta chiqyapti. Bu yil hisobidan Kubokda "Metallurg" bilan o'yinlarda 2ta gol urdi. Xullas hamma yoqda "ikki".

- Sanjar SHoahmedov quvnoq futbolchi, hazilni yoqtiradi va ko'tara oladi. Uning aytishicha, "Lokomotiv"dagi eng hazilkash futbolchi bu -  katta Jasur Hasanov.

- Sanjar tanqidga qanday qaraydi? "Agar o'yinim qovushmasa, muxlislar tanqid qilishadi va bunga to'g'ri munosabatda bo'laman. Men odamlar etibor bergani uchun ham o'yiningni yo maqtashadi yo tanqid qilishadi deb o'ylayman", - deydi uning o'zi bu haqda.

- SHoahmedovning jahon futbolida yoqtirgan futbolchisi - Xavi.   

- Sanjar gol urishdan ko'ra golli to'p uzatishni amalga oshirish qiyin deb biladi.

X.Xoliqov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика