So’nggi yangiliklar

18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  1 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  3 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  1 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  4 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  10 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  4

Sanjar SHoahmedov: “Guruhdan chiqsa bo'ladi” Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: “Guruhdan chiqsa bo'ladi”

Malumki kecha OFKning shtab kvartirasi joylashgan Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Joriy mavsum oliy ligamizda 2-o'rinni egallagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi kelasi yil ham ushbu nufuzi yuqori bo'lgan musobaqada ishtirok etadi. Quraga ko'ra “Temiryo'lchilar” “A” guruhidan joy egalladi. Xo'sh, “Lokomotiv” uchun qura qanday keldi? Bu haqda jamoa etakchilaridan biri Sanjar SHoahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Ko'pchilik qatori men ham Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilgan qura tashlash marosimini katta qiziqish bilan kuzatib bordim. Menimcha jamoamiz o'rin olgan “A” guruhi u qadar kuchsiz yoki kuchli deya olmayman. Hamma jamoa bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Eronning “Sepaxon” klubi mamlakat chempioni hisoblanadi. BAAning “Al Nasr” jamoasi haqida iliq fikrlarni bildirish mumkin. Xullas nufuzi jihatdan Osiyoda eng yuqori bo'lgan ushbu musobaqada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. SHunday ekan har bir raqibga xurmat bilan qarab, jiddiy tayyorlanmoq lozim.

- “Lokomotiv”dagi kelajagim borasida hozir sizga aniq bir nima deya olmayman. Xorij jamoalaridan takliflar bo'layotganini yashirib o'tirmoqchi emasman. Lekin bir to'xtamga kelganimiz yo'q. Balki kelasi yil ham “Lokomotiv”da o'ynarman. Menimcha bu masala yangi yilga qadar aniq bo'ladi – deydi Sanjar SHoahmedov.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика