Sanjar Rashidov: "Paxtakor"ni mag'lub etishimiz shart"
02 noy 2017 15:08
Yangiliklar
Sanjar Rashidov: "Paxtakor"ni mag'lub etishimiz shart"
Ushbu turda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi o'z uyida Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv oldidan "So'g'diyona" klubi futbolchisi Sanjar Rashidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Paxtakor"ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'z uyimizda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Buni barcha futbolchilar yaxshi tushunib turipti. Biz faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. "Paxtakor"ga qarshi har safar qiyin o'yin o'tkazganmiz, oson ishni o'zi yo'q. Jamoada birgina yo'qotish bor. Ertangi uchrashuvda Ixtiyor Toshpo'latov maydonga tusha olmaydi.
Muxlislar ko'z o'ngida to'p tepish har safar yoqimli. Ular bizga kuch berib turadi. "Paxtakor" jamoasining yarim himoya chizig'i kuchli, deb o'ylayman. Ushbu chiziqda Jamshid Iskanderov to'p tepadi. Iskanderovni xavfli futbolchi deb bilaman", - deydi Sanjar Rashidov

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar