Sanjar Rashidov : “Jamoaga qaytganimdan xursandman”
13 iyu 2018 00:19
Yangiliklar


Sanjar Rashidov : “Jamoaga qaytganimdan xursandman”
Bugun Pepsi Superliga qoldirilgan 14-tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi va yirik hisobda g'alaba qozondi. O'yindan so'ng bahsda eng yaxshi futbolchi deb topilgan,So'g'diyona jamoasi sardori Sanjar Rashidov matbuot anjumaniga qatnashdi.
-O'yin og'ir bo'ldi. Bunday bahs bo'lishini bilardik va munosib tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiyimiz xujumkor o'yin ko'rsatishimizni aytdi va biz buni uddaladik va g'alaba qozondik. “Metallurg”ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng muxlislardan qarzimiz bor edi. Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Jamoaga qaytganimdan xursandman. Muxlislarga katta raxmat.
“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar