So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Sanjar Quvvatov: “Liga kubogi barcha klublar uchun foydali musobaqa bo'ldi” Yangiliklar

Sanjar Quvvatov: “Liga kubogi barcha klublar uchun foydali musobaqa bo'ldi”

“Paxtakor” jamoasi joriy yilda o'tkazilgan barcha musobaqalarda zafar quchib, yakunda trebl qayd etdi.

O'zbekiston Liga kubogi finalida AGMK ustidan qozonilgan yirik 6-2 hisobidagi ishonchli g'alabadan so'ng, darvozabon Sanjar Quvvatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Joriy yilda faoliyatingizdagi ilk oltin medal va ikkita kubokni qo'lga kiritdingiz. Bu borada o'zingizda o'sishni sezdingizmi?
- To'g'ri aytdingiz. Bu yil men futbolchilik faoliyatimdagi birinchi bor chempionlik va Liga kubogi sohibi bo'ldim. Hissiyotlar ajoyib, so'z bilan tariflab berish qiyin. O'zbekistondagi barcha sovrinlarni o'zimizniki qilganimizdan xursandman. Yana bir bor biz bilan birga bo'lgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman.

- 2019 yilgi futbol mavsumi o'z nihoyasiga etdi. “Paxtakor” deyarli barcha o'yinlarda yirik hisobdagi g'alaba qozondi. Albatta, bunda darvozabonlarning ham hissasi bor. SHaxsan o'zingiz uchun yakunlangan mavsum ko'ngildagidek o'tdimi?
- O'zim uchun ko'nglimdagidek o'tdi deya olmayman. Baribir kamchiliklar va xatolar bo'ldi. Ayniqsa, oxirgi turlar qiyin kechdi. Endi mashg'ulotlarda xatolar ustida ishlaymiz.



- Liga kubogi musobaqasi joriy yilda birinchi marotaba tashkil etildi. Mazkur turnirning ahamiyati va foydali jihati hususida fikr bildirsangiz...
- To'g'ri bu osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma bermaydi. Lekin, pastki o'rinlardagi jamoalarga sovrinlar uchun kurashishga o'ziga xos motivaciya bo'la oldi. O'yinlar soni oshdi, kurash qizg'in kechdi. Umuman olganda barcha klublar uchun foydali turnir bo'ldi deb o'ylayman.

- “Paxtakor”ga qaysi jamoa munosib va jiddiy qarshilik ko'rsata oldi?
- Bizda bunday bahslar ko'p kuzatildi. Bitta aniq jamoani ko'rsata olmayman. Har bir raqib jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qildi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика