So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  2 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

Sanjar Qodirqulov: “Maydonda jonimizni berishga ham tayyormiz” Yangiliklar

Sanjar Qodirqulov: “Maydonda jonimizni berishga ham tayyormiz”

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailanddagi muosabaqadan avval, dastlab BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boradi.

Bu haqida mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgan Sanjar Qodirqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

-Olimpiya terma jamoasini oldinda katta sinov turibdi. Jamoa Toshketda olib borilgan yig'in davomida futbolchilar musobaqaga qay darajada tayyorgarlik ko'rdi.?

- Toshkentda asosan jismoniy imkoniyatlarimizni yaxshilash maqsadida shug'ullandik. Dubaydagi yig'inda hammasi hal bo'ladi. Jamoa yuz foiz tayyor. Nasib qilsa Tailanddan olimpiyada yo'llanmasi bilan qaytishni niyat qilganmiz. Bunga hammamiz, xalqimiz ishonmoqda. Maydonga chiqib bor kuchimiz bilan harakat qilishga qodirmiz. Jonimizni ham berishga tayyormiz.

- Ko'p vaqtingizni milliy terma jamoa bilan birga o'tkazdingiz. Bevosita OTJga moslashib ketishingiz qiyin bo'lmadimi?

- Ko'p futbolchilar bilan bolalikdan birga o'sganmiz. Bu borada muammo yo'q. Vadim Karlenovich milliy terma jamoaga bosh murabbiy bo'lgach meni taklif qildi. Umuman olganda ajratish noo'rin bo'lsa kerak.

- Guruhimizdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?

- Oson bo'lmagan o'yinlar kutib turganini his qilyapmiz. Maqsadimiz g'alaba va xalqimizga uzoq kutilgan olimpiyada yo'llanmasini taqdim qilish. Muhlislarga quvonch va xursandchilik ulashmoqchimiz.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика