So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Sanjar Qodirqulov: “Andijon va Namangandagi o'yinlar ajoyib o'tdi” Yangiliklar

Sanjar Qodirqulov: “Andijon va Namangandagi o'yinlar ajoyib o'tdi”

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi iyun oyida Misr olimpiya terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Ikkala o'yinda ham olimpiyachilarimiz g'alaba qozonishdi. Bu bahslarda ishtirok etgan “Bunyodkor” yarim himoyachisi Sanjar Qodirqulov o'z fikrlarini bildirdi.

- Iyun oyidagi yig'in qanday o'tdi?
- Yig'in alo darajada o'tdi desam adashmasam kerak. Ikkala o'yinda ham g'alaba qozondik, bu o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Bu o'z samarasini berdi deb o'ylayman.

- Ilk uchrashuv Andijonda o'tdi...
- Birinchi o'yin bo'lganligi uchun qiyin bo'ldi. Buning ustiga saralashdan keyingi ilk yig'in bo'lganligi bois bahsda ozgina qiynalish bo'ldi. Lekin muxlislarni qo'llab-quvvatlashlaridan keyin g'alaba qozonmasak bo'lmasdi, stadiondagi muhit alo darajada bo'ldi.

- Namangandagi bahs haqida nima deya olasiz?
- Namangandagi o'yinga keladigan bo'lsak, bosim unchalik bo'lmadi. O'yinni nazorat qildik murabbiylarni aytgan taktikasi bo'yicha harakat qildik. O'yin so'nggida sal xotirjamlikka berildikmi bilmadim, ikkita gol o'tkazib yubordik. Muhimi natija muxlislarni natija bilan xushnud etdik deb o'ylayman. Andijondagidan ko'ra muxlislar kamroq bo'lishiga qaramasdan muhit yaxshi bo'ldi. Muxlislarga rahmat aytaman.

- Bosh murabbiy haqida fikringiz qanday?
- Lyubinko Drulovich taktik trenerligiga amin bo'ldim. Bir necha kun avval o'yindan biz Misr olimpiya terma jamosini yaxshi o'rganib chiqdik va shunga yarasha o'yin ko'rsatdik.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика