So’nggi yangiliklar

00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  1 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  5 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  8 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  75 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  11 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  1 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  9 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  1

Sanjar Barotov: Dinamoning Andijonga qarshi o'yinlari Superliga yo'llanmasi uchun imkoniyat Yangiliklar

Sanjar Barotov: Dinamoning Andijonga qarshi o'yinlari Superliga yo'llanmasi uchun imkoniyat

"Dinamo” hujumchisi Sanjar Barotov Pro-Liga doirasidagi ushbu turda Nukusda “Orol” jamoasi darvozasiga ikkita gol urib, Superligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan Samarqand klubining muhim g'alabasini taminladi.

 Gollar sonini 8 taga etkazgan hujumchi Pro-Liga “A” guruhi to'purarligi uchun ham kurashmoqda. Kuni kecha Pro-Ligadagi hafta qahramoni bilan suhbatlashdik.

- Sanjar, “dubl” bilan tabriklaymiz. “Orol” Nukusdagi o'yinlarda “SHo'rtan”ni mag'lub etgan, “Andijon”, “Istiqlol” klublari bilan esa durang qayd etgandi. “Orol” autsayderlar safida bo'lsada, o'z maydonida osonlik bilan taslim bo'lmaydi...

- Tabrik uchun rahmat. CHindanam, “Orol”ni Nukusda mag'lub etish juda qiyin. Sababi, bu erdagi stadion maydoni tabiiy chim emas, suniy qoplama ekanligi jamoalarga qiyinchilik tug'diradi. Biz ham “Orol”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida bu maydonga moslasha olmadik. Ikkinchi bo'lim oldidan esa murabbiyimiz Davron aka Fayziev hujumkor to'p surishimizni aytib, to'liq hujumda o'ynaydim. Dastlab Pavel Purishkinning jarima zarbasidan keyin hisobni ochgan bo'lsam, ko'p o'tmay Ilhom aka Yunusov va Mirkomil Lokaevning kombinaciyasidan keyin “dubl”ga erishdim. Bu g'alaba biz uchun juda muhim edi.

- “Dinamo” safiga davralar oralig'ida qo'shildingiz. Yangi jamoaga moslashish jarayoni qiyin kechmadimi?

- Yo'q, “Dinamo” safidagi ko'pchilik futbolchilarni yaxshi taniganim uchun tezda moslashdim deya olaman. Xususan, Ilhom aka Yunusov bilan avval “Nasaf”da birga o'ynaganmiz. Yig'indayoq gollar urib, bu jamoaga o'tib adashmaganimni his qilgandim.

- “Norin”da ham yaxshi o'yin namoyish etgan edingiz. Haqqulobod klubidan ketishingizga nima sabab bo'ldi?


- Eng avvalo Namangandan Surxondaryoga qatnash, yo'l ancha uzoqlik qildi. SHuningdek, moliyaviy jihatdan ham kichik muammo bo'lgandi. Qolaversa, bu klub rahbariyati bilan kelishuvimizda, agar yaxshiroq taklif tushsa, boshqa jamoaga qo'yib yuboramiz deyishgandi.

- Oldingizda yana qanday takliflar bor edi?


- Muborakning “Mashal” jamoasi chaqirgach, jamoa yig'inida ishtirok etdim. Ammo, “Dinamo”dan ham bosh murabbiy Davron Fayziev taklif bilan chiqqandilar, qolaversa, men yaxshi bilan Akmal Xolmurodov va boshqa futbolchilar ham Samarqandga chorlaganlaridan keyin “Dinamo”ga ko'proq yordamim tegishi mumkinligini o'ylab shartnoma imzoladim. Bundan juda xursandman.

- “Dinamo” 3-davrani ketma-ket 4 ta g'alaba bilan boshlab, kutilmaganda muxlislar qarshisida “SHo'rtan”ga mag'lub bo'lganini qanday izohlaysiz?


- Fikrimcha, bizni yo'l ham charchatgandi. Sababi, 4 sentyabr kuni Samarqanddan Termizga kelib, “Surxon” bilan durang o'ynab qaytgan bo'lsak, 7-8 sentyabr kunlari Tojikistonga borib, “Xo'jand” bilan o'ynab keldik. 12 sentyabrda “SHo'rtan” bilan o'yinda charchoq alomatlari sezildi, menimcha, har qancha urinmaylik, kutilmaganda mag'lub bo'ldik.

- Hozirgacha eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi, sizningcha?


- Samarqandda “SHo'rtan”ga qarshi o'yinimizni ko'rsatgan bo'lardim. 1:2 hisobida mag'lub bo'ldik, omad raqib tomonda edi.

- Pro-Liga yakunlanishiga 10 tur qoldi. 5-o'rindagi “Dinamo” peshqadam “Andijon”dan 10 ochko ortda qolmoqda. “Dinamo”ning Superligaga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?


- Yaxshi imkoniyatimiz bor deb o'ylayman. Etibor bering, “Andijon” ham, “Surxon” ham, “Mashal”, “Istiqlol” ham bir tekis o'ynay olmayapti. Masalan, “Norin” ham Andijondan durang bilan qayta oldi. Yani, istalgan bahsda kutilmagan natija bo'lib qolishi mumkin. Bosh murabbiyimiz ham, muxlislarimiz ham bizdan faqat va faqat 1-o'rin bilan Superligaga chiqishimizni istashmoqda. 2-3-o'rinni olganlarda ham “pley-off” orqali Superligaga chiqish imkoniyati bo'lsada, biz ham boshqalar qatori 1-o'rin bilan to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun kurashamiz. Buni har kuni bosh murabbiyimiz bizga uqtirib kelmoqdalar.

- Kelasi ikki turda esa “Dinamo”ni “Andijon”ga qarshi uyda va safarda ketma-ket ikkita o'yin kutib turibdi. So'nggi to'rta turda “Andijon”ning g'alaba qozona olmayotgani bu o'yinga ham tasir qilishi mumkinmi?


- Yo'q, bu bizga tasir qilmaydi, har qanday holatda ham “Andijon” 1-o'rinda borayotgan peshqadam jamoa. Bizdan yuqorida bo'lgan jamoani mag'lub etish ishtiyoqi yanada baland bo'ladi. “Andijon” ham duranglardan keyin Samarqandga faqat g'alabani ko'zlab kelishi aniq. Mashg'ulotlarda jiddiy tayyorgarlik ko'rib, muxlislarimiz ham bizni faol qo'llab-quvvatlab tursalar, nasib qilsa bu o'yinlarda 3 ochko emas, 6 ochko uchun kurashamiz. “Andijon” bilan o'yinlar “Dinamo” uchun yuqoriga chiqish uchun yaxshi imkoniyat. G'alabaga erisha olsak, Superliga yo'llanmasi uchun yaxshi imkoniyat hosil qilamiz. To'g'risi, faqat muxlislar yoki klub emas, biz futbolchilar Superligaga chiqishni o'zimiz ham juda istayapmiz va buning uchun oxirigacha kurash olib boramiz.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика