So’nggi yangiliklar

18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  1 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  1 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  5 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  5 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  19 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  7 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  7

Sanjar Asqaraliev: “Tarkibdagi yo'qotishlar ham salbiy tasir o'tkazdi” Yangiliklar

Sanjar Asqaraliev: “Tarkibdagi yo'qotishlar ham salbiy tasir o'tkazdi”

Kecha Andijonda bo'lib o'tgan oliy liganing 16-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvida “burgutlar”ni maydonga tajribali Sanjar Asqaraliev sardor sifatida boshlab tushdi.

Markazda etakchilikni o'z qo'liga olgan Asqaralievda jamoadoshlarini oldinga etaklash xususiyati mujassam. Sanjarning uchrashuv davomida “Nasaf” darvozasi tomon yo'llagan zarbasidan so'ng to'p to'singa tegib qaytganida, stadion larzaga keldi. Umuman aytganda, Asqaraliev shu kuni maydonda yomon taassurot qoldirgani yo'q. Uchrashuvdan so'ng 34 yoshli futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Sanjar aka, asosan teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda “Nasaf” g'olib bo'ldi. Uchrashuv to'g'risida fikringiz qanday?
- Tabiiyki, ikkinchi davra o'yinlarini g'alaba bilan boshlashni maqsad qilgandik. Boz ustiga muxlislarimiz ko'z o'ngida ularni uch ochko bilan xursand qilishimiz shart edi. Biroq o'zingiz ko'rdingiz, yakunda qimmatli uch ochkoni boy berdik. “Nasaf” mamlakatimizning etakchi klublaridan biri ekanligi barchaga yaxshi malum. Ular birgina penaltidan unumli foydalandi. Bu esa o'yin taqdirini xal qildi. Ko'rdingiz, bizda ham bir necha bor gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Ammo salgina aniqlik etishmadi.

- Mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Uchrashuv avvalida jiddiy yo'qotishlar bor edi. Predrag Vuyovich, Anvar Berdiev, Rahim Qodirov, Timur Vasilev singari o'yinchilar tibbiy ko'rikdan o'ta olmay, ularning o'ynashiga ruhsat berilmadi. Yana bir tajribali Asqar Jadigerovda esa jaroxat bor edi. Albatta ularning yo'qligi salbiy tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Agarda tarkibda bu qadar muammo bo'lmaganida o'ylaymanki, “Nasaf”ga yutqazmasdik.  

- “Andijon”ni maydonga sardor sifatida boshlab tushdingiz. Ko'rsatgan o'yiningizdan qoniqish xosil qildingizmi?
- Yo'q, agarda jamoam yutganida qoniqdim deya olardim.

- Ikkinchi bo'lim o'rtalarida o'z o'rningizni boshqa jamoadoshingizga bo'shatib berdingiz. Buni murabbiydan o'zingiz so'ragandek tuyuldi bizga. SHundaymi?
- Ha. Bilasizmi birinchi davra oxirlarida belimdan jaroxat olgandim. SHu so'nggi paytlarda yana bezovta qila boshladi. “Nasaf” bilan o'yinning ikkinchi taymida ham bu narsa sezildi. SHu bois bosh murabbiydan o'rnimga boshqa futbolchini tushirishini so'radim. CHunki o'rnimga tushgan boshqa o'yinchi jamoaga qolgan daqiqalarda mendan ko'proq yordam berishi mumkin deb o'yladim.

- “Andijon” endi keyingi 3ta o'yinni ham o'z maydonida o'tkazadi. Bo'lajak bahslar oldidan nima deysiz?
- Agarda “Nasaf”ga qarshi qilgan o'yinni ko'rsatsak, boshqa raqiblarimizga ham oson bo'lmaydi deb o'ylayman. Muxlislarimiz g'alabali o'yinlarni ancha sog'inib qolishgan. Ularni xursand qilish uchun bo'lajak bahslarda faqat uch ochko olish uchun o'ynashimiz kerak. Umid qilamanki, hammasi yaxshibo'ladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика