So’nggi yangiliklar

00:00Элит ОЧЛ. Бугунги барча ўйинларда дуранг қайд этилди  0 23:39"Майдондаги ягона нопрофессионал — ҳакам!" Спаллетти "Лацио" билан ўйиндан сўнг портлади  0 23:16Карвахаль ва Арбелоа ўртасида зиддият борми?  0 22:41Роналду машғулотларга қайтди! У Туркманистонга учадими?  4 22:30Рўзиқул Бердиев: "Иккинчи бўлимда ўзимизни кўрсата олмадик"  10 22:10Салоҳ учун космик маош! Саудияликлар "Миср қиролини" Роналдунинг ўрнига тайёрламоқда  6 21:45"Барселона" мавсум сўнгигача қарзларидан қутула оладими?  10 21:36"Қўқон-1912" Қозоғистон жамоасини мағлуб этди  2 20:50Ҳусниддин Алиқулов: Янги шартнома ва оғир жароҳат  12 20:40Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди  78 20:24Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-20 - Хитой U-20 1:1  0 19:57ОКМК Қозоғистон жамоасини мағлубиятга учратди  0 19:37Мбаппенинг онаси "Реал"да асосий таркибдаги 8 нафар ўйинчидан кўпроқ пул топади  12 19:15"Динамо" "Зенит"дан минимал ҳисобда енгилди  3 18:35"Ғазалкент" Про лига учун талаб этилган ҳужжатларни расмийлаштирди  2

Sanjar Asqaraliev: “Maqsadimiz g'alaba qozonish” Yangiliklar

Sanjar Asqaraliev: “Maqsadimiz g'alaba qozonish”

Navbatdagi turda ”Navbahor” o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qiladi. “Vodiy derbi”si maqomiga ega bo'lgan o'yinlarni murosasiz ruhda kechishi bor gap.

Bu safargi qarama-qarshilikni ham keskin tarzda o'tishiga shubha yo'q. Har ikki jamoa azolari ham 8-turda raqiblariga imkoniyatni boy berishgani uchun maydonga faqat g'alabani ko'zlab tushishlarini ehtimoli yuqori. “Navbahor”ni zimmasidagi masuliyat yuki raqibnikiga qaraganda og'irroq. Sababi, “lochinlar” mamlakat kubogining nimchorak final dastlabki bahsida Namanganda Ismoilov shogirdlariga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. Mazkur uchrashuv oldidan namanganliklar yarim himoyachisi Sanjar Asqaralievning fikrlari bilan qiziqdik:

- Xabaringiz borki, oldingi turda Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'lib, yirik hisobda imkoniyatni boy bergandik. Aslini olganda “Paxtakor”ga qarshi bahsni yomon tarzda o'tkazmadik. Faqat darvozamizga belgilangan penalti ijobiy natijaga bo'lgan umidimizni so'nishiga olib keldi. Endilikda ushbu mag'lubiyatni unutgan holda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Maqsadimiz munosib tarzda shug'ullanib, g'alaba qozonish. Aynan shu orqali muxlislarimizni ham kayfiyatini ko'tarishni niyat qilganmiz. Ko'pchilikka yaxshi malumki, mamlakat kubogining nimchorak final dastlabki o'yinida “Qo'qon-1912” jamoasiga o'z maydonimizda imkoniyatni boy berib qo'ygandik. Ushbu mag'lubiyatni tasodif ekanligini amalda isbotlash uchun ham bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz. Bo'lajak o'yinda yutuqqa erishib, Qo'qonda bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi oldidan ruhiyatimizni ham ko'tarib olamiz degan umiddamiz", - deydi Asqaraliev.

"Navbahor" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика