So’nggi yangiliklar

21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  3 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  9 20:00Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ва "Лочин" ўртасидаги 1/8 финалнинг илк ўйини бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  7 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  25 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  2 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  27 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  10

SANIX xalqaro kubogi. O'zbekiston U-17 yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

SANIX xalqaro kubogi. O'zbekiston U-17 yarim finalga yo'l oldi

Yaponiyada bo'lib o'tayotgan SANIX xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqa yarim finaliga yo'l oldi.

17 mart kuni start olgan ushbu turnir guruh bosqichida Ahmadjon Musaev boshchiligidagi 1999 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoa Yaponiya U-17, Janubiy Koreya U-17 hamda Pekin-U17 terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgandi. Musobaqada shuningdek, Yaponiya mahalliy klublarining 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar jamoalari ham ishtirok etmoqda. 16 ishtirokchi jamoa 4tadan 4 guruhga bo'linib, bahslarni o'tkazdi.

O'zbekiston U-17 dastlabki uchrashuvni Yaponiyaga qarshi o'tkazib, 0:0 hisobidagi durang natija qayd etdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra duarng bilan yakunlangan asosiy vaqtdan so'ng, penaltilar seriyasi o'tkazildi va unda yaproniyaliklar g'alabani qo'lga kiritdi - 5:3.

17 mart kunining ikkinchi yarmida ushbu musobaqa doirasida jamoalar ikkinchi uchrashuvlarini o'tkazishdi. Unda Ahmadjon Musaev boshchilik qilayotgan jamoa Pekin o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

18 mart kuni esa turnirning navbatdagi uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'zbekistonliklar 3-tur o'yinlari doirasida Janubiy Koreya o'smirlariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv asosiy vaqtida g'olib aniqlanmadi va turnir reglamentiga ko'ra penaltilar seriyasi o'tkazildi. Unda o'zbekistonliklar 6:5 hisobida g'alabaga erishdi.

Takidlash kerakki, reglamentga ko'ra, o'yinning asosiy vaqtida g'alaba qozongan jamoaga 4 ochko, asosiy vaqtda mag'lub bo'lgan jamoaga 0 ochko, penaltilar seriyasi bo'yicha g'alaba qozongan jamoaga 2,5 ochko, penaltilar bo'yicha mag'lub bo'lgan jamoaga 1,5 ochko beriladi.

SHu tariqa, O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichida 8 ochko jamg'arib, keyingi bosqichga yo'l olgandi.

CHorak finalda O'zbekiston U-17 Yaponiya mahalliy klublaridan biri – “Omiya Ardija” bilan to'qnash keldi. Ushbu uchrashuv 2:1 hisobida Musaev jamoasi g'alabasi bilan yakun topdi.

Uchrashuvda O'zbekiston kiritgan ikki golga Islom Kenjaboev hamda Muhammad-Yusuf Abdumajidov mualliflik qildi.

Ushbu g'alabadan keyin O'zbekiston U-17 terma jamoasi musobbaqa yarim finaliga yo'l oldi.

SANIX xalqaro kubogi.

CHorak final.

O'zbekiston U-17 – “Omiya Ardija U-17” 2:1

Gollar
: Islom Kenjaboev (35), Muhammad-Yusuf Abdumajidov (42)

O'zbekiston U-17: 12. Umidjon Ergashev, 2. Burxon Usmonov, 3. Ilhomjon Alijonov 5. Xudoyshukr Sattorov, 6. Dostonbek Berdiqulov, 7. Boburjon Asqarov, 8. Jahongir Ahmedov, 15. Islom Kenjaboev, 16. Suxrob Izzatov, 17. Afzaljon Xolmuhamedov, 19. Muhammad-Yusuf Abdumajidov.

Zaxira: 1. Akrom Xo'jaev, 4. Otabek Bekboev, 9. Kamron Saidazimov, 10. Zokirjon Ahmadjonov, 11. Jahongir Abdualomov, 13. Abdullo Rahimjonov, 14. Jasur Rahimov, 18. Doniyor Azizov, 21. Javohir Qilichev.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика