Sane sonidan jarohat oldi
17 okt 2022 18:33
Yangiliklar
"Bavariya" chap qanot vingeri Leroy Sane Germaniya chempionatining 10-turi doirasidagi "Frayburg"ga qarshi o'yinda (5:0) jarohat oldi va o'yinning 76-daqiqasida almashtirildi.
Myunxenliklar matbuot xizmati xabariga ko'ra, 26 yoshli germaniyalikda sonining orqa qismi shikastlangani aniqlangan.
"Bild" malumotlariga qaraganda, futbolchi taxminan 3 haftani o'tkazib yuboradi, bu esa germaniyalik futbolchiga Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi Jahon chempionati boshlanishiga qadar o'z vaqtida tiklanish uchun vaqt topish imkonini beradi. Turnir 20 noyabr kuni boshlanadi.
Sane joriy mavsum "Bavariya" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar