Sane "Bavariya"da mashg'ulot o'tkazdi
13 iyu 2020 20:43
Yangiliklar


Sane "Bavariya"da mashg'ulot o'tkazdi
"Bavariya" tarkibiga yaqinda kelib qo'shilgan Leroy Sane Myunxen klubi safida ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati xabar qildi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" germaniyalik futbolchining transferini 3 iyul kuni elon qilgandi. 24 yoshli vinger myunxenliklar 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, nemis klubi Leroy uchun "Manchester Siti"ga 49 mln evro to'lagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar