Sandro Rossel Neymarni harid qilishda 40 million evro o'g'irlaganlikda ayblandi
09 dek 2013 18:01
Yangiliklar


Sandro Rossel Neymarni harid qilishda 40 million evro o'g'irlaganlikda ayblandi
"Barselona"ning hozirgi rahbariyatiga qarshi oppoziciyaning etakchilaridan biri bo'lmish Xordi Kases jamoa prezidenti Sandro Rosselni Neymarni harid qilish jarayonida 40 million evroni o'g'irlaganlikda aybladi, deya xabar bermoqda Marca.
"Santos" sobiq hujumchisining "Barselona" bilan shartnoma imzolashining batafsil malumotlari sir saqlanadi. Rasmiy malumotlar bo'yicha futbolchi transferi uchun uning otasiga 40 million evro berilgan. Oppoziciyaning takidlashicha futbolchi haridi uchun 100 million evro sarflangan. Bu klub tarizidagi eng qimmat transferdir. Pulning katta qismi Kasesning fikricha Rossel tomonidan o'zlashtirilgan.

Fikrlar