Sandro MYUga, Alba "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
14 noya 2018, 22:45
"Yuventus" "Barselona" himoyachisi Jordi Alba xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "Barselona" hali ham 2020 yilda shartnomasi tugaydigan Alba bilan kelishuvni uzaytirish niyatida emas. "Yuve" tarkibida esa Aleks Sandro jamoadan ketishni istamoqda. Alba Turin klubi safida aynan uning joyini egallashi mumkin.

Braziliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishi kutilmoqda.

Bu mavsumda 29 yoshli Alba "Barselona" tarkibida 17 o'yinda 2 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport