"Sanderlend" o'z muxlislariga "Sautgempton"ga qarshi o'yindagi chiptalar pulini qaytaradi
21 okt 2014 12:05
Yangiliklar


"Sanderlend" o'z muxlislariga "Sautgempton"ga qarshi o'yindagi chiptalar pulini qaytaradi
"Sanderlend" rahbariyati o'z muxlislariga "Sautgempton" bilan bo'lgan o'yin (0:8) uchun chiptalar pulini qaytarish kerak degan qarorga kelishdi.
Ammo ularning yo'l kiralari to'lab berilmaydi. O'sha uchrashuvdagi mehmonlar uchun ajratilgan tribunadagi bitta joy chiptasi 24 funt bo'lgan. Lekin "Sanderlend" muxlislari raqib maydoniga poezdda kelish uchun 152 funt ishlatishgan. Oldinroq "Sanderlend" darvozaboni Vito Mannone o'z muxlislari uchun yo'l kira haqqini to'lab berish kerakligini taklif qilgan.

Fikrlar