Sanchoning narxi malum qilindi
11 iyu 2020 00:47
Yangiliklar


Sanchoning narxi malum qilindi
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati jamoa vingeri Jeydon Sanchoni xarid qilishni xohlayotgan klublarga futbolchining narxini oshkor qildi.
Nemis jamoasi 20 yoshli o'yinchi uchun 115 mln funt talab qiladi, deb xabar qildi The Telegraph.
"Manchester Yunayted" angliyalik futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi, ammo "qizil iblislar" hozirgi vaziyatda bunday ulkan mablag'dan voz kechishga qo'rqishi mumkin. MYU transfer rejalari borasidagi yakuniy qarorni APL tiklanib, klub ixtiyorida qoladigan futbolchilar nomi malum bo'lgach qabul qilishi kutilmoqda.
SHuningdek, Sanchoga "Real Madrid" qiziqish bildirayotgani haqidagi malumotlar ham yo'q emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar