Sanchoni ham Saudiyaga chorlashmoqda
07 sen 2023 21:13
Yangiliklar
Sanchoni ham Saudiyaga chorlashmoqda
Jeydon Sancho Erik ten Xag bilan kelishmovchilikdan keyin Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Arsenal" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmagandi. Ten Xag esa buning sababi sifatida Sanchoning mashg'ulotlari etarli darajada emasligini keltirdi.
Oradan ko'p o'tmay Sancho ijtimoiy tarmoqlarda ten Xagga javob qaytardi: "Mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishlayman. O'qiyotgan barcha gaplaringizga ishonavermang. Buning boshqa sabablari bor, bunga ishonaman".
Manbaning xabariga ko'ra, Saudiyaning "Al Ittifoq" klubi futbolchini ijaraga olish taklifi bilan chiqmoqda. Ayni damda futbolchining qarori qanday bo'lishi malum emas.
“Al Ittifoq” bosh murabbiyi Stiven Jerrard hisoblanadi. Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turidan so'ng jamoa 10 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar