Sancho mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi
02 may 2022 19:45
Yangiliklar


Sancho mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi
Jeydon Sancho katta ehtimol bilan ushbu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.
Yarim himoyachi tomoq bezlarining yallig'lanishi tufayli o'tgan haftada "CHelsi"ga qarshi o'yinda MYU qaydnomasiga kiritilmagandi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik 22 yoshli yarim himoyachi betoblik sababli mavsumning qolgan o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.
"Yunayted" APLda "Brentford", "Brayton" va "Kristal Pelas"ga qarshi yana uchta o'yin o'tkazadi.
Sancho joriy mavsumda Premer-liganing 29 o'yinida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar