Sancho "Manchester Siti"ga qaytishga tayyor
15 iyu 2020 11:07
Yangiliklar


Sancho "Manchester Siti"ga qaytishga tayyor
"Borussiya" (Dortmund) yarim himoyachisi Jeydon Sancho mavsum yakunlangandan so'ng klubdan ketishi mumkin.
Agar "Manchester Siti"dan taklif tushadigan bo'lsa, Jeydon o'zi tarbiyalangan klubga qaytishga tayyor.
Futbolchi uchun asosiy davogarlardan biri "Manchester Yunayted" bo'lib turibdi. Ammo, klub "Borussiya" talab qilayotgan 115 million funt miqdoridagi pulni to'lashga tayyor emas.
20 yoshli futbolchi joriy mavsum "Borussiya" safida 41ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 20ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar