So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Sancho hozircha Manchesterga qaytmaydi. Ten Xag uning ruhan va jismonan tayyor bo'lishini kutmoqda Yangiliklar

Sancho hozircha Manchesterga qaytmaydi. Ten Xag uning ruhan va jismonan tayyor bo'lishini kutmoqda

"Bu qachon bo'lishini bashorat qila olmayman".


Jeydon Sanchoni "Borussiya"dan ketganidan so'ng o'zgartirib qo'yishgandek. U MYU tarkibida barcha musobaqalarda 52ta o'yinda 8ta gol va 4ta assist qayd etdi. "Dortmund"da bu ko'rsatkich 137ta o'yinda 50+64 edi.

Bazan yorqin o'yin namoyish etish vingerga jahon chempionatiga chiqishga yordam bermadi. SHundan so'ng Sancho individual dastur bo'yicha ishlash uchun Niderlandiyaga yo'l oldi.

Ten Xag ushbu malumotni tasdiqladi, ammo qaytishning aniq muddatini ayta olmadi.

"Biz formada bo'lmagani sabab Jeydonni "Yunayted"ning so'nggi o'yinlarida ko'rmadik. U hozirda individual dastur bo'yicha shug'ullanmoqda. Biz uning tezrok tugatishini xohlaymiz va men tez orada uni ko'rishga umid qilaman. Uni imkon boricha tezroq qaytarishni xohlayman, ammo bu qachon bo'lishini bashorat qilolmayman. Jeydon mavsum boshida bir nechta yaxshi o'yinlarni o'tkazdi, ammo tezda uning muhim harakatlari kamayib ketdi. Bu nafaqat jismoniy holat, balki psixologik omillarning qo'shilishidir. Biz bu masalani tezroq hal qilishga va uni qaytarishga urinyapmiz".

Sancho MYU "Byornli"ga qarshi o'yin bilan Liga kubogini davom ettiradigan 21 dekabrgacha ulgurmaydiganga o'xshaydi. Ten Xagning hujumida tanlov katta emas: Sancho Niderlandiyada, Ronaldu ketdi, Brunu va Reshford hali JCHdan so'ng tatilda. Marsyal, Garnacho, Pelistri va Elanga qolmoqda.


Sancho ijtimoiy tarmoqlarni tozaladi, havaskorlar bilan shug'ullanmoqda, MYU bilan birga Ispaniyadagi yig'irga bormadi


Sancho JCH uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga kirmadi va ushbu xabar Ten Xag uchun kutilmagan bo'lmadi:

"Unda bir nechta yaxshi o'yinlar bo'ldi va o'sdi, ammo Jeydon so'nggi haftalarda kasallik bilan kurashdi. Kimdir jahon chempionatida terma jamoa uchun chaqirilmasligi normal holat. Har bir murabbiy chempionatga faqat mos o'yinchilarni oladi.


SHundan so'ng MEN'dan Semyuel Lakxerst Sancho formasini qaytarishga etibor qaratganini xabar qildi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarini tozaladi: suratlarni o'chirdi, akkaunt tavsifini va bosh suratni olib tashladi. The Athletic Jeydon Erik ten Xag tavsiya qilgan murabbiy bilan Niderlandiyaning "Rosmalen" havaskorlar klubida shug'ullanayotganini xabar qildi. Hatto video ham bor.

"Yunayted" o'tgan hafta o'rtoqlik o'yinlarida "Kadis" (2:4) va "Betis" (0:1)ga yutqazdi. Sancho esa Ispaniyaga bormadi, bu esa klubning rasmiy bayonoti: "Yuqori darajaga qaytish uchun individual dastur bo'yicha shug'ullanishda davom etmoqda. Klub uni to'liq qo'llab-quvvatlaydi".



Ten Xag Sanchoga shubhalanmayapti. O'yinchi MYUda qoladi


Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Sanchoning kelajagi haqida shubhalar yo'q. Insayder Fabricio Romano Ten Xag o'yinchining katta muxlisi ekanligi, unda katta imkoniyatni ko'rayotgani va shu sabab uning qaytishi uchun shuncha kuch sarflayotganini xabar qildi. MEN'dan Semyuelning malumotiga ko'ra, klub Ten Xagning bu vaziyatni nafaqadar nozik tarzda hal qilayotganidan hayratda.



80 million funt bosimi ostida bo'lgan 22 yoshli yarim himoyachiga hamma ham unchalik ishonch bildirmaydi. Sancho tanqidchilarni ishontirish uchun barcha ruhim muammolarni engib o'tishiga to'g'ri keladi.

Ular esa kam emas.

Peter SHmeyxel: "Biroz xafsalamiz pir bo'ldi, vaholanki unda shunday iqtidor bor. Ha, "Old Trafford"ga kelib, bunday darajada o'ynash qiyinligini tushunaman. Ammo, Jeydon "Dortmund"da nimalarga qodir ekanligini ko'rsatdi, bu erda esa buni ko'rsatish uchun etarli darajada ish qilmadi".

Gabriel Agbonlaxor: "Manchester Yunayted" o'yinlarini ko'rganimda Antoni, Reshford va Fernandeshga etiborimni qarataman. Ular oldilaridagi futbolchini aldab o'tishga tayyor ekanliklari, nimadir foydali ish qilishni va raqib darvozasi oldida masuliyatni o'z zimmalariga olishni xohlayotganlari ko'rinib turadi.

Sancho esa to'pni olganda ortga qaytaradi. Lyuk SHou bo'lganimda Jeydonga: "Menga uzatma berishni bas qil, men senga kimnidir aldashing uchun to'pni beryapman" deb aytardim". Sancho "Borussiya"da doim raqiblarni aldardi. U shunchalik o'ziga ishonmayaptimi, yoki raqibni aldash uchun tezlik va tasavvur etishmayotganini his qilyaptimi?

Balki Ten Xagning ishonchi Sanchoning maydonda yana porlashiga yordam berar.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика