So’nggi yangiliklar

21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   21 21:06"Атлетико" қўшиқчи қизнинг сўзлари сабаб унинг "Метрополитано"даги иштирокини бекор қилди  1 20:21Франция терма жамоаси дарвозабони: "Парагвай билан ҳисоб китобимиз бор"  0 20:08Жамшид Саидов: “Зиммамиздаги вазифани бажармасак, исталган ўйин мен учун охиргиси бўлиши мумкин”  1 20:01Григорий Колосовский: “Ҳаракатларимиз “Пахтакор” билан ўйиндагидан катта фарқ қилди”  3 19:50"Барселона" "Челси" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:25Футзал бўйича ЖЧ. Франция Таиландни мағлуб этди. Жаҳон чемпионатида осиёлик жамоалар қолмади  14 19:09Суперлига. "Қизилқум" "Металлург"ни мағлуб этиб, хавфли зонадан узоқлашди  10 18:32АПЛ ҳомийлик қоидаларига ўзгартиришлар киритиш бўйича овоз бериш бекор қилинди  1 17:54U-20 Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитой Тайпейи устидан ишончли ғалабага эришди, Равшан Хайруллаевдан дубль!  24 17:30Луис Энрике: "Маошимнинг бир қисмидан воз кечишга тайёрман, лекин ОАВ билан мулоқотга киришмайман"  1 16:40"Биз робот эмасмиз. Ўйинлар сонини камайтириб, сифатини ошириш керак" — Сон  0

Sanat SHixovni nima ranjitdi? Yangiliklar

Sanat SHixovni nima ranjitdi?

“Dinamo” klubi nihoyat muvaffaqiyatsiz natijalardan keyin g'alabali o'yinlarni ham boshlab oldi. Tachmurod Agamurodov kelgach “Bunyodkor”ni Toshkentda 0:1, Samarqandda esa “Andijon”ni 2:0 hisobida taslim qilishdi.
Har ikkala uchrashuvdagi g'alaba “Dinamo” uchun katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur bahslarda Sanat SHixovning hissasi katta bo'ldi. “Andijon”ga qarshi o'yinda esa oxirgi daqiqada gol urib jamoasining g'alabasini mustahkamladi. Hozirgi paytda uning hisobida beshta gol bor va u “Dinamo”ning to'purari bo'lib turibdi. SHixov yaqqol hujumchi bo'lmasa-da, zimmasiga yuklangan vazifani bajarib kelmoqda. SHu bois Sanat samarqandliklarning muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uni “Paxtakor”dan ijara asosida qo'lga kiritishdi hamda tez orada ishqibozlarning mehrini qozondi. Sanat bilan anchadan beri gaplashib turamiz, ammo u intervyudan oldin shunday dedi: “Nimagadir intervyu bersam o'yinimda o'zgarish bo'ladi” deb hazil aralash fikr bildirib o'tdi. SHunga qaramasdan u suhbatlashish uchun vaqt topdi. Uning bir qator aytgan gaplari etiborimizni tortdi. O'ylaymizki, sizni ham befarq qoldirmaydi.  

- “Andijon” bilan o'tkazilgan o'yinda navbatdagi muhim g'alabaga erishdinglar. Etiborlisi, ikkala gol ham bo'limlarning oxirida kiritildi. Ayniqsa, sizning golingiz uchrashuvda hamma narsaga uzil-kesil nuqta qo'ydi.

- Ushbu o'yin jamoamiz uchun muhim edi. Bungacha chempionatimizda kichik tanaffus elon qilinishi oldindan aniq edi. Bu vaziyatda g'alaba qozonib biroz xotirjam holda tanaffusga chiqmoqchi bo'ldik. Bundan tashqari anchadan beri o'z maydonimizda g'alaba qozona olmay kelayotgandik. Samarqandda ham uch ochkoni qo'lga kiritib muxlislarimizga quvonch ulashish niyatida maydonga tushdik. SHu sababli uchrashuvning ahamiyatini barcha yigitlar to'liq his qilgan holda to'p surishdi. Yangi murabbiy kelganidan keyin o'yinimizda ham o'zgarishlar bilinyapti. “Dinamo”ga chindan ham kuchli mutaxassis keldi. Bu orqali futbolchilarda o'z kuchiga bo'lgan ishonch ham paydo bo'ldi. Muhimi, Tachmurod Agamurodov bizlarni g'alabaga ishontira oldi. Bilasiz, ketma-ket uchta uchrashuvda yutqazib qo'ydik. “Bunyodkor”ga qarshi bellashuvdan avval Agamurodov kelgach avvalo jamoa ichida yig'ilish o'tkazib, “biz hammani yutishimiz mumkin, faqat buning uchun xohish bo'lishi kerak” deb bizni ruhlantirdi. Mashg'ulotlarda ham murabbiy o'zining taktikasini ko'rsatib qanday ishlashimizni tushuntirdi. Agamurodov jamoamizga ayni vaqtida keldi deb o'ylayman. SHundan so'ng yigitlarda ham futbolchi sifatida ijobiy tarafga o'zgarish bo'ldi. Bu narsa mashg'ulot jarayonidayoq ko'zga tashlandi.  

- “Bunyodkor”ni o'z maydonida mag'lub etishinglarni hech kim kutmagandi. SHu bois natijani sensaciya sifatida qabul qilishdi.
- “Bunyodkor” bilan uchrashuvda g'alaba qozonishimizni balki rostdan ham kutishmagandir. Ammo bu o'yinda g'alabaga bo'lgan ishonchimiz katta edi. O'yindan oldin Tachmurod SHamakovich hammani yutish mumkin deb bizni ruhlantirdi. To'g'ri, “Bunyodkor” chindan ham kuchli jamoa. Biroq “Dinamo”da ham kuchsiz o'yinchilar yo'q. Maydon tekis, to'p dumaloq bo'lgani uchun ham futbolda har qanday natija yuz berishi mumkin. Bizning o'yinchilarimiz ham futbol o'ynashni bilishadi. “Bunyodkor”ni mag'lubiyatga uchratganimizni scensaciyaga yo'yish kerak emas. SHunchaki oddiy natija sifatida qabul qilish lozim. Ko'pchilikning “Dinamo”ni “Bunyodkor” ustidan erishgan muvaffaqiyatini scensaciya deb ataganini jamoamizga nisbatan hurmatsizlik deb bilaman. Nimaga bunday deyishdi, tushunmadim? Yoki kecha futbol o'ynashni boshlab, bugun yutib qo'ydikmi? Biz ham bir necha yillardan beri ter to'kib futbol o'ynayapmiz. “Dinamo”da o'ziga yarasha taniqli o'yinchilar bor. Buni har bir turda kuzatilishi mumkin bo'lgan natija deb hisoblayman. Taqdir taqozosi bilan ikkinchi davrani ko'ngildagidek boshlay olmadik. Bu kabi omadsizlik har bir jamoa bilan yuz beradi. “Bunyodkor”ni yutganimiz “Dinamo” azolarini ortiqcha darajada ilhomlantirib yuborgani yo'q. O'yindan keyin echinish xonasida oldinlari g'alabadan qanday xursand bo'lgan bo'lsak, xuddi shunday xursandchilik hukm surdi. Keyin Samarqandda to'planganimizda hamma bu g'alabani unutib bor etiborimizni “Andijon” bilan kechadigan uchrashuvga qaratdik.  

- Demak, “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv va undagi g'alaba faoliyatingizda oddiy uchrashuvlar qatoridan joy oldi, to'g'rimi?
- Bunaqangi o'yinlar ko'p bo'lgan. Lekin har safar g'alabamizni scensaciyaga aylantirishlari menga yoqmaydi, qandaydir g'alati tuyuladi. Tarkibimizga etibor bersangiz, jamoamizda o'z kuchiga ishonadigan yaxshi o'yinchilar bor, to'g'rimi? Albatta, “Bunyodkor”ni mag'lubiyatga uchratganimiz quvonarli bo'ldi, buning ustiga mehmonda uch ochkoga ega bo'ldik. Bu esa yigitlarda o'z kuchiga bo'lgan ishonchni yanada orttirdi deb o'ylayman. Oxir-oqibat og'ir kunlarni engib o'tganimizdan barcha xursand bo'ldi.  

- “Dinamo”ning “Bunyodkor”ni engishi kutilmagan natija bo'ldi deya samarqandlik futbolchiga savol bilan murojaat qilganimda ular bu fikrmni tasdiqlashlari mumkin edi. Lekin siz boshqacha javob qaytardingiz. Bunga sabab “Paxtakor”da to'p surib ajoyib g'alabalarga erishganingiz turtki berdi va bu siz uchun odatiy g'alaba bo'ldi deb o'ylayman...
- Gapingiz to'g'ri. Men ham sizga aynan shu fikrni tushuntirmoqchi bo'ldim. SHuningdek, yana bir oddiy misol tariqasida aytadigan bo'lsam, Asror Aliqulov bilan Zayniddin Tojiev erishgan yutuqlarga ulardan hech kim erishmagan. SHuning uchun nima sababdan g'alabamizni hamma scensaciya deb qabul qilganiga tushuna olmay qoldim. Tojiev bilan Aliqulov ko'rgan narsalarni “Bunyodkor”da hali ko'rmagan futbolchilar ko'p. Yuqorida aytganimdek, xuddi kecha futbol o'ynashni boshlab, bugun o'ta shov-shuvli g'alabani qo'lga kiritgandek bo'lib qoldik. Lekin bu g'alabamizning zamirida rahbarlarning, murabbiylarning va futbolchilarning mehnati yotibdi. Qolaversa, jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizning ham mehnatlari bor. “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda Samarqanddan kam sonli bo'lsa ham ishqibozlar kelganini ko'rdim. Aynan ular g'alabamizga ishonib Toshkentga kelishdi. Agar ishonishmaganida kelishmagan bo'lardi. Samarqandlik ishqibozlarga shunday deyman: har doim sevimli jamoangizning g'alabasiga ishoninglar! Bir paytlar Urganchning “Dinamo” klubiga muxlislik qilardim. Bu jamoa yutqazganida rosa yig'lardim va endi “Dinamo”ning o'yiniga bormayman derdim-u, baribir yana keyingi o'yinini ko'rish uchun stadionga kirardim. Nimagaki, men bu jamoani yaxshi ko'rardim, doim ishqibozlik qilardim. O'z jamoasini yaxshi ko'rgan muxlis yutqazganida ham, yutganida ham yonida bo'ladi. Yoshligimdan “Real”ni tanlaganman va uni olqishlab kelaman. Yutsa ham, yutqazsa ham ularga muxlislik kelaveraman. Hozirda shunday gaplarni ham eshitdimki, endi “Dinamo”ning o'yinlariga boshqa kelmaymiz deyishibdi. Jahl qilib o'yinga bormaymiz degani bilan foydasi yo'q-ku! Mag'lubiyatga uchraganimizda biz ham ishqibozlardan qolishmagan holda aziyat chekamiz, qayg'uramiz. Ichimizdan rosa alam bo'ladi. Ammo futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun yutsangiz, ertaga yutqazishingiz hech gap emas. Muxlislarning haqorat qilishlarini ham tushunaman. Lekin yaxshi va yomon kunida birga bo'lishlarini istayman. Menga alam qiladigani shuki, bitta o'yin orqali yaxshi kunlaringizni unutib qo'yishadi. Hamma g'alabani xohlaydi, hech kim yutqazamiz deb maydonga tushmaydi. Ayni damda biz uchun yaxshi kunlar keldi. Tajribali mutaxassis kelgani uchun futbolchilarni g'alaba qozonishga ishontirdi. Bizga aynan mana shunday yutuqlar etishmayotgandi. Jamoamiz yaxshi yigitlardan tashkil topgan. Faqat ularga to'g'ri yo'nalish berilsa kifoya edi. Agamurodov hammada g'oliblik ruhini uyg'ota oldi.  

- Nima deb o'ylaysiz, agarda Kamo Gazarov ishni davom ettirganida “Dinamo”ni bundan-da ayanchli ahvolda ko'rishimiz mumkinmidi?
- Yo'q, bu noto'g'ri gap. Har bitta murabbiyning o'z falsafasi bor. Kamo Gazarov ham yaxshi ishlayotgandi. Faqatgina omad yuz o'girayotgandi. SHunchaki o'sha murabbiy ish boshlaganida omadsiz kunlarimizga to'g'ri kelib qoldi. “Nasaf”ga yirik hisobda yutqazib qo'yganimizdan so'ng hamma tushkunlikka tushib qolgandi. 

- Ketma-ket mag'lubiyatlar va qimmatli ochkolarni yo'qotilishi evaziga “Dinamo”ning oliy ligada qolish uchun kurashishi aytilayotgandi. Endi bo'lsa, vaziyat o'zgargach yuqori o'rinlar uchun kurashishi tinmasdan tilga olinmoqda.
- To'g'ri aytdingiz, bundan buyon imkoni qadar yuqoriga ko'tarilishga harakat qilamiz. “Dinamo”ning pastga sho'ng'ishiga o'zimiz sababchi bo'ldikmi, endi yuqoriga ko'tarilishiga ham sababchi bo'lishimiz shart. Imkoniyatimiz etguncha bu borada kurashishda davom etamiz. Bizda aniq maqsad bor, iloji boricha 7-o'ringa chiqishga harakat qilamiz. Keyingi yildan esa yanada jiddiyroq vazifalar qo'yiladi.

- “Paxtakor”dan ijara asosida “Dinamo”ga o'tgansiz. Bu erdagi faoliyatingiz qanchalik manzur bo'lmoqda?
- Jamoadagi barcha futbolchilar bilan ahilligimiz menga yoqadi. Yomon tomoni, oilamdan uzoqroqdaman. Buni hisobga olmaganda, “Dinamo”dagi faoliyatim o'zim uchun ijobiy deb ayta olaman.

- Keyinchalik “Paxtakor”ga qaytish niyatingiz bormi?
- Qaytaman yoki qaytmayman desam noto'g'ri bo'ladi. Har bir jamoaning maqsadi bor. “Paxtakor” esa yaxshi shakllangan klub. To'g'risi, bunday sharoitda u erda o'z o'rnimni ko'rmayapman. Mening birinchi maqsadim milliy terma jamoada to'p surish. “Paxtakor”ga qaytgim kelyapti deganim bilan shu zahotiyoq u erga bora olmayman. Hozirgi imkoniyatga real ko'z bilan qarash kerak. Qachondir “Paxtakor”ga kerak bo'lsam va o'zlari qaytarishsa bu boshqa gap. Ayni paytda esa yordamim “Dinamo”ga kerak va shuning uchun ham shu erdaman.

- “Dinamo”da endi ruhiy tiklanish paydo bo'ldi. Bunga qadar umidsizlik alomatlari ko'proqmidi?
- Boya aytganimdek, “Nasaf”ga mag'lubiyatga uchraganimiz qattiq zarba bo'ldi. Bunday o'yin va natija bo'lishini kutmagandik. SHu sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgandik. Xudoga shukurki, endi hammasi o'tib ketdi. Barcha jamoadoshlarimda o'ziga bo'lgan ishonch ortdi.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика