Sanat SHixov: Qarshi hujumdan ko'ra, kombinacion o'yinni maqul ko'raman
19 apr 2014 14:28
Yangiliklar
Sanat SHixov: Qarshi hujumdan ko'ra, kombinacion o'yinni maqul ko'raman
O'tgan mavsumda Dinamoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Sanat SHixov joriy mavsumda ham samarqandlik ishqibozlarning yoqimtoy futbolchilaridan biriga aylanmoqda.
Hujumkor chap qanot yarimhimoyachisi so'nggi tur uchrashuvida Dinamoning Andijondan irodali g'alaba bilan qaytishini taminlab, Samarqand jamoasini kuchli beshlikka olib chiqdi. O'yindan keyin tur qahramoni Erudit Sport gazetasi mehmoniga aylandi.
- Avvalambor, Andijon ustidan qozonilgan irodali g'alaba bilan tabriklaymiz!
- Rahmat! Irodali g'alaba uchun butun jamoa oxirigacha kurashdi va omad bizga kulib boqdi. Yog'ingarchilikdan so'ng bunday maydonda to'p surishni o'zi bo'lmaydi. O'yin qiyin o'tishini avvaldan bilardik. CHunki “Andijon” jamoasi g'alaba qozona olmayotgandi. Bundan tashqari ular hali birorta gol urishmagandi. SHu sababli g'alaba qozonish hamda to'p kiritish uchun mezbonlar astoydil harakat qilishlari oldindan malum edi. Lekin biz ham uch ochko olish maqsadida kelgandik va shunga harakat qildik. Bu urinishlarimiz besamar ketmadi va safarda g'alaba qozona oldik.
- Safarda uch ochko omad tufayli qo'lga kiritildi deb hisoblaysizmi?
- Birinchi o'rinda mehnatlarimiz samarasi deb o'ylayman. Lekin o'z navbatida omad ham bizga kulib boqdi. CHunki yutqaza turib g'alabaga erishdik. Albatta, omad kuchlilarga kulib boqadi deb bejizga aytishmaydi. SHuning uchun qilgan harakatlarimiz ham, omad ham g'alaba qozonishimizni taminladi deb ayta olaman.
- Mezbonlar ketma-ket ikkita to'p kiritib hisobda oldinga chiqib olishdi. O'sha vaziyatda qanday holatga tushdinglar?
- To'g'risini aytsam, ikkinchi goldan keyin yutqazdik degan fikr hayolimga keldi. Sababi biroz toliqib qolgandik va o'yinimizda pasayish bo'lgandi. SHuning uchun bo'ldi tamom mag'lubiyatga uchradik va uchinchi golni ham o'tkazib yuborishimiz mumkin degan havotir bor edi. Ammo jamoadoshlarimga rahmat, hammamiz maydonda ahil bo'lib birdek harakat qildik.
- Uchinchi golni urganingizda himoyachidan o'tib ketib darvoza tomon yaqinlashdingiz. To'pni darvozaga aniq yo'llashingizga ishonganmidingiz?
- Menimcha, bunday holatlarda hech kim yuz foiz gol urishiga ishonmasa kerak. Ungacha ana shunday ikkita vaziyatda gol ura olmagandim. Biroq fikrimni bir joyga jamlab hujumni oxiriga etkazishga intildim va bu harakatim besamar ketmadi.
- O'tgan mavsumda ham so'nggi qo'shimcha daqiqalarda bir necha bor to'p kiritganingizga guvoh bo'lganmiz. Umuman olganda, so'nggi soniyalar sizga qandaydir kuch bag'ishlaydimi?
- So'nggi daqiqalarda gol urish bu omad tufayli yuz beradi. Qolaversa, oxirgi soniyalarda sen urgan gol jamoanga g'alaba keltirishi albatta yoqimli holdir. Bu so'nggi daqiqalarga kuchni saqlab qo'yish bilan bog'liq emas. Har qanday jamoa so'nggi daqiqalarda o'yin tizginini yo'qotishi mumkin. Ana shunday vaziyatlarda gol urish imkoniyati bo'ladi.
- Bu gollarngizni kimgadir bag'ishlaysizmi?
- Bu gollarimni dadamga bag'ishlayman.
- Joriy mavsumda “Dinamo” safiga Zayniddin Tojiev va Asror Aliqulov qo'shilishdi. Bu futbolchilarni “Paxtakor”dagi faoliyatingiz orqali yaxshi bilasiz. Ularni tarkibga jamoa uchun qay darajada foydali bo'ldi?
- Albatta, bunday mahoratli futbolchilarni jamoada bo'lishi yaxshi. Ular bilan yana bitta klubda ekanligimdan juda xursandman. Tojiev va Aliqulovda tajriba katta va ular har qanday jamoani kuchaytira olishadi. Ular chempionatimizda uzoq yillar to'p surib ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishgan. Mana shunday tajribali futbolchilar jamoadagi yoshlarni ruhlantira olishadi. Ishonamanki, ularning mahorati jamoaga asqotadi.
- Dinamo jamoasi Metallurg va Bunyodkorga qarshi kombinacion o'yin tashkil etib 3 ochko oldi, Nasaf So'g'diyona, Andijonga qarshi esa qarshi hujumda to'p surib 6 ochko oldi. Aynan sizga qaysi taktikada to'p surish maqul?
- Menga o'sha kombinacion o'yin tashkil etishimiz yoqadi. Muxlislarimizga ham aynan shunday o'yin ko'rsatayotganligimiz maqul bo'lsa kerak. Biz muxlislarga yoqadigan chiroyli, qisqa to'p oshirish va kombinacion o'yin bilan natijaga erishishni maqsad qilganmiz. Qarshidagi o'yinda qarshi hujumga tayanganimiz sababi Nasafga qarshi ochiq o'yin ko'rsatish qiyin. Zomin va Andijonda ham kombinacion o'yin ko'rsatishga intildik, biroq maydonning holati yomon ahvolda ekanligi bois u erda faqat qarshi hujumda to'p surish mumkin edi. Agar barcha maydonlar ham Samarqanddagidek ajoyib holatda bo'lsa, biz kombinacion Barselona uslubiga yaqin o'yin namoyish etardik. Bemalol ayta olamanki, Dinamo stadioni maydoni ayni damda mamlakatdagi eng yaxshi stadionlardan biri.

Fikrlar