Sanat SHixov: "Paxtakor"dan "Dinamo"ga o'tib afsuslanmadim"
03 okt 2013 12:51
Yangiliklar
Sanat SHixov: "Paxtakor"dan "Dinamo"ga o'tib afsuslanmadim"
Milliy chempionatimiz yakuni tobora Oliy liganing har bir turi bir qator kutilmagan natijalarni taqdim etishi bilan birga aksariyat to'qnashuvlarda muxlislar o'yinning so'nggi daqiqasiga qadar hayajon ostida bo'lishi bu PFL bahslariga bo'lgan qiziqishni yanada orttiradi.
Xususan, yakshanba kuni 20-tur doirasida kechgan Samarqanddagi o'yinda Dinamo kutilmaganda peshqadam Lokomotivni so'nggi soniyalardagi Sanat SHixovning goli evaziga mag'lubiyatga uchratdi. O'yindan keyin uchrashuv qahramonini suhbatga chorladik.
- Sanat, avvalo muhim g'alaba bilan tarbriklaymiz. Ko'pchilik, chempionlik uchun kurashayotgan Lokomotivning Samarqandda to'xtashini kutmagandi…
- Haqiqatdan ham, o'yindan oldin bizni imkoniyatimizni raqibga nisbatan pastroq baholashgandi. Ammo, biz bunday deb hisoblamagandik. Aksincha, bu holat bizga o'zimizni ko'rsatish uchun yanada kuch bag'ishlagandi. Qolaversa, o'yindan oldin barchamiz muxlislarimiz qarshisidagi g'alaba biz uchun juda muhimligini yaxshi tushunib turgandik.
- Falabaning bosh omili nima bo'ldi, deb o'ylaysiz?
- Jamoamizning birlashib, hamma bir-biriga yordam berib o'ynaganligi muvaffaqiyatimizning bosh sababchisi bo'ldi deb o'ylayman. CHunki, o'sha So'g'diyona bilan o'yinda o'z maydonimizda durang natijadan keyin murabbiylar tushuntirish ishlarini olib borishdi. Natijada Buxoroda jipslashib o'ynab, ishonchli g'alaba bilan qaytgandik. Bugun ham bir kuch bo'lib o'ynaganligimiz g'alaba keltirdi.
- SHu o'yinda Dinamoda oldin ko'rmagan jihatni ko'rdik. Yani, jamoa o'yin davomida bexato himoyalanib, so'nggi 10 daqiqalikda qarshi hujumda keskin harakat qildi. Bu o'yindan oldingi ko'rsatma edimi?
- Xuddi shunday. Umuman, chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarga qarshi futbolchilarning o'zi ham ruhiy jihatdan tayyorgarlik ko'rsatib, g'olib bo'lishni istaydi. Qolaversa, to'g'risini aytsam Lokomotivga qarshi bahsdan oldin bosh murabbiyi Ravshan Haydarovning bunday holatini birinchi bor ko'rishim. Ravshan Akmalovich, barcha futbolchilarni ruhiy va taktik jihatdan qattiq tayyorlagandi. Raqibdan qo'rqmaslikni, sabr bilan himoyalansak o'yin oxirilarida yutib ketishimiz mumkinligini qattiq uqtirgandi. Biz unga ishongandik. Taktika ish berdi, o'yin yakuni sari Loko gol kirita olmagach katta kuch bilan oldinga o'tib ketdi. Natijada so'nggi soniyalardagi qarshi hujumdan gol urdik.
- Qo'shib berilgan so'nggi daqiqada kiritilgan g'alaba goli yanada yoqimli bo'lsa kerak?
- Albatta! Butun stadion o'yingohni tark etgunimizcha qo'llab-quvvatlagani yanada yoqimli. O'sha vaziyatda uzoqroq masofdan jarima maydoniga kirmay zarba berganim uchun, to'p darvozaning ikki ustuniga tegib yana maydonga qaytdi, deb o'ylagandim. Ammo, stadionning larzaga kelganidan to'pni darvoza to'ridan o'rin olganligini ko'rdim. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlaganlariga yarasha javob berganimizdan xursandman.
- CHempionlik uchun kurashayotgan Lokomotivni mag'lub etilganligi siz uchun faqat uch ochkoni bildiradimi yoki boshqa jihati ham bormi?
- Bu g'alaba bizga faqat uch ochko emas, o'z kuchimizga nisbatan juda katta ishonchni ham berdi. Agar jamoa o'z kuchiga ishonib o'ynasa, har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatish mumkin. Ikkinchi davra boshida bu darajadagi ishonch bizda yo'q edi, ko'pchiligimiz bir-birimizni qiyinchilik bilan tushunardik. Hozir esa, asta-sekin barchasi yaxshilanmoqda.
- Ushbu o'yinni mavsumdagi eng og'ir bahs bo'ldi, deya olasizmi?
- To'g'ri, eng qiyin o'yinlarimizdan biri bo'ldi. Lekin, oldinda Bunyodkor, Paxtakor bilan bo'ladigan o'yinlar bor ekan, bizni yanada og'ir uchrashuvlar kutib turibdi.
- Aytingchi, Paxtakordan Dinamoga o'tib afsuslanmadingizmi?
- Yo'q, afsuslanmadim. Aksincha, hozir Dinamoga ko'proq nafim tegayotganligidan xursandman.
- Demak, buni orqaga qo'yilgan qadam sifatida qabul qilmagansiz, shundaymi?
- To'g'ri, kimdir Paxtakordan Oliy liganing boshqa jamoasiga o'tsa orqaga qo'yilagan qadam sifatida qabul qilishi mumkin. Ammo, futbolchilik faoliyatda shunday payt bo'ladiki, ikki qadam oldinga yurish uchun bir qadam orqaga ketish kerak bo'ladi. SHunday ekan, Samarqand jamoasiga o'tishim men uchun faqat foydali bo'ldi deb o'ylayman. CHunki, o'yin amaliyotiga ega bo'lib, mahoratim yanada oshadi. Jamoaga ham yordamim tegayotganligidan ham xursandman. Qolaversa, Samarqanddek qadimiy va chiroyli shahar jamoasini himoya etayotganimdan baxtiyorman. SHahar menga begona emas. Xorazmda tug'ilgan bo'lsamda, Samarqand ona shahrim hisoblanadi.
- Oldinda Bunyodkor va Paxtakorga qarshi o'yinlar kutib turibdi...
- So'nggi ikkita o'yindagidek o'zimizga ishonib o'ynasak, bu uchrashuvlarda ham ochko olsak bo'ladi. Mana Buxoro va So'g'diyona jamoalari Paxtakor va Bunyodkordan ochko olish mumkinligini ko'rsatdi.
- SHartnomangiz yil yakuniga qadar imzolangan. Keyingi yilda ham Dinamoda qolish niyatingiz bormi?
- Hali bu savolga javob berishga vaqtli bo'lsada, Samarqandda to'p surishga qarshi emasman. Bu erda menga ishonishayotgan ekan, to'p surishda davom etaman. Qolaversa, Ravshan Akmalovichni ham faqat murabbiy emas, yaqin ustozim sifatida bilaman. Hozir birinchi navbatda mavsumni munosib yakunlashimiz kerak.
Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Fikrlar