Sanat SHixov: "Keyingi ikki o'yinda g'olib bo'lsak guruhdan chiqamiz"
09 fev 2015 07:00
Yangiliklar

Sanat SHixov: "Keyingi ikki o'yinda g'olib bo'lsak guruhdan chiqamiz"
"Navbahor" klubi PFL kubogi birinchi turida "Obod"ga mag'lub bo'ldi.
Bu o'yindan so'ng "lochinlar" hujumchisi Sanat SHixov o'z fikrlarini bildirdi.
- Avvalo "Navbahor"ga kelishingiz haqida...
- Yangi mavsumga tayyorgarlikni "Olmaliq" safida boshlagandim. Jamoadagi sharoitlar juda yaxshi edi, bir nechta o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etdim. Biroq o'zimga jamoa to'g'ri kelmasligini tushunib u erni hech qanday nizolarsiz do'stona tarzda tark etdim.
SHundan so'ng, Baxtiyor Ashurmatov bilan gaplashdik. Ko'pchilik yigitlar tanish bo'lgani uchun ham "Navbahor" jamoasini tanladim. Xudo xohlasa bu yil g'alabalarga o'z xissamni qo'shishni istayman. Namangan xalqini doim xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Sanat SHixov.
- Murabbiylar "Obod"ga qarshi o'yinda nima uchun 8 nafar asosiy futbolchini maydonga tushirishmadi?
- Bu murabbiyning qarori. Balki boshqa yoshroq futbolchilarni sinovdan o'tkazib olishga qaror qilishgandir. Biz o'ynamagan taqdirda ham birinchi liga jamoasini mag'lub etishimiz kerak edi. "Obod" g'alaba qozonishni ko'proq istadi shu bois uch ochkoga ega bo'ldi. Keyingi ikki o'yinda g'olib bo'lsak guruhdan chiqamiz.

Fikrlar