"San-Lorenso" ustozining hisoblashicha, uning jamoasi "Real"ni mag'lub eta oladi
18 dek 2014 11:48
Yangiliklar


"San-Lorenso" ustozining hisoblashicha, uning jamoasi "Real"ni mag'lub eta oladi
"San-Lorenso" bosh murabbiyi Edgardo Bausa o'z jamoasining "Real" ustidan g'alaba qozonishiga ishonadi.
Turnir yarim finalida argentinaliklar Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" jamoasini 2:1 hisobida taslim etdi.
"G'alaba uchun yuz foizlik imkoniyatimiz bor. G'oliblik haqida orzu qilish kerak yoki men futbolda hech narsaga tushunmayman. Birinchi vazifani uddalab, finalga chiqqanimizdan baxtliman. Oldinda bizni kutib turgan to'siq, bu boshqa hikoya. Biz unga faqat yaxshi narsalani muhrlamoqchimiz. "Real"ga munosib raqib bo'lishga harakat qilamiz" - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi 20 dekabrda (Toshkent vaqti bilan 20dan 21-dekabrga o'tar kechasi 00:30da) Marokashda bo'lib o'tadi.

Fikrlar